Yangiliklar

Dunyo moturidiyşunoslari Samarqand ziyoratida

Samarqandda “Moturidiylik – bağrikenglik, mötadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkazilmoqda. Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom…

Samarqandda “Moturidiylik &ndaş; bağrikenglik, mötadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkazilmoqda.

Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taşkil etilgan anjumanda dunyoning öttizga yaqin davlatidan muftiylar, islomşunos va dinşunos olimlar, diniy-maʼrifiy soha vakillari iştirok etmoqda.

Konferensiyaning ilk kunida iştirokçilar Samarqandning diqqatga sazovor joylari, muqaddas qadamjolarini ziyorat qilib, uluğ allomalarga beşik bölgan qadim şahar tarixi bilan tanişdilar.

&ndaş; Samarqand ziyorati davomida Imom Moturidiy maqbarasi, Şohi Zinda majmuasi va Registon maydonida böldik, &ndaş; deydi Malayziya Islomni anglaş instituti direktori örinbosari, professor Mohd Yusuf Usmon. &ndaş; Uşbu qadamjolarda bölib şuni angladimki, Samarqandga sayohat qilgan kişi uçta taassurotga ega böladi. Birinçisi &ndaş; bu jismoniy taassurot, yaʼni közi bilan körgan tarixiy obidalar mahobatini his qiladi. Ulardan zavq oladi. Ikkinçisi &ndaş; maʼnaviy taassurot. Bunda azaldan özbek xalqining maʼnaviy dunyosi boy bölganligi, ilm-maʼrifat neçoğlik uluğlanganligini anglaydi. Betakror sanʼat namunalaridan bahra olib, maʼnaviy dunyosi boyiydi. Uçinçi taassurot &ndaş; ilmiy taassurot. Buni anglaş biroz muşkul bölsa-da, lekin tarixning öçmas ildiziga aylangan muqaddas qadamjolarga muhrlangan bebaho maʼlumotlar moziyni köz oldingizda gavdalantiradi. Şunday ekan, nima uçun bu manzil- makon sayyohlik markaziga aylanmasligi kerak?! Öylaymanki, Samarqandning turistik salohiyati yil sayin ortib, bundan-da rivojlanadi. 

Moturidiyşunos olim, Anqara universiteti professori, doktor Sönmez Kutlu ham öz taassurotlari bilan örtoqlaşib, uluğ allomani örganişning bugungi kundagi ahamiyatiga alohida töxtaldi.

&ndaş; Imom Moturidiy hazratlari qadamjosini ziyorat qilganimiz bizga özgaça ruhiy kuç bağişladi, &ndaş; deydi doktor Sönmez Kutlu. &ndaş; Bu zaminning neçoğlik buyukligi tarixdan barçaga maʼlum. Bugun diqqatga sazovor joylarda bölib, butun dunyo ahli bu yerga talpinayotganligi guvohi böldik. Nega? Çunki, bu yerda şunday uluğ zotlar tuğilib, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qöşganki, buni dunyo eʼtirof etadi. Şunday zotlardan biri alloma Imom Moturidiydir. Moturidiy Islom dunyosining eng uluğ zotlaridan biri. U uzoq umr körib, bizga Islomni töğri anglaşimiz uçun köplab asarlar qoldirdiki, bugun ham uşbu asarlar öz qimmatini yöqotmagan va ular hamon asosiy öquv qöllanmalar hisoblanadi. Xususan, Abu Mansur Moturidiyning "Taʼvilot al-Qurʼon" asarini alohida qayd etib ötişim lozim. Uşbu asar Qurʼonning boşdan oxirigaça töliq tafsiri hisoblanib, horzirgaça bu darajada batafsil, töliq şarhlangan undan boşqa asar yozilmagan. 

Moturidiyning taʼlimotini örganiş islom olami uçun juda zarur deb hisoblayman. Çunki, dunyoni anglaş, unda tinçlik va osoyiştalikni saqlaşning yagona yöli ilm-maʼrifat ekanligi ul zotning asarlari mazmun-mohiyatini taşkil qiladi. Alloma şunday yozadi, “Agar mahalladan bir tolibi ilm çiqsa, uni butun mahalla qöllab-quvvatlasin, çunki u ertaga butun mahallani öqimişli qilişi mumkin”. Haqiqatda ham şunday.Jamiyatda öqimişli avlod köpaysa, uni boşqariş ham, mamlakatni rivojlantiriş ham oson keçadi. Islom dunyosida şunday ibora bor: Qurʼon Makkada nozil böldi, Qohirada öqildi, Istanbulda yozildi, Samarqandda uning mohiyati anglab yetildi. Buni Moturidiy amalga oşirdi. Yaʼni Islom dinining asl mohiyati nimaligini uluğ allomamiz öz asarlari orqali ommaga tuşuntirib, asl talqin mohiyatini anglab yetişimizga zamin yaratdi. Şu bois, bugun butun dunyo islomşunoslari allomaning şaxsiyati, taʼlimotini örganib, tadqiqotlar davomida töplangan yangiliklarni keng tarğib qiliş bilan Moturidiyning ommalaşişiga hissa qöşişni maqsad qilganmiz. Bu yölda bizni qöllab-quvvatlayotgan, şaroit yaratayotgan Özbekiston hukumatiga ham minnatdorlik bildiraman.

 

Manba: UzA

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…