Najmiddin Kubro &ndaş; tasavvufning maşhur şayxlaridan biri, kubraviya tariqatining asosçisi. Uning töliq ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy Xorazmiydir.
Najmiddin Kubro 1145-yilda Xiva şahrida dunyoga kelgan. Uning “Najmiddin”, “Kubro”, “Abul Jannob”, “Valiytaroş” kabi laqab, unvon va kunyalari bor. Farididdin Attor avliyolar haqida gapirar ekan, ularning bir neça toifaga bölinişini zikr etgan. Jumladan, maʼrifat ahli, muomalot ahli, muhabbat ahli, tavhid ahli, miskin faqirlar ahli va boşqalar. Ammo şunday şayxlar borki, ularda sanab ötilgan toifalarning bir qançasining sifatlari jamlangan böladi. Şayx Najmiddin Kubro ham şunday insonlar sirasiga kiradigan murşid hisoblanadi.
Ahmad yoşligidan ilmga qiziqqan qobiliyatli inson bölgan. U şariat ilmlarini puxta egallab, yigitlik pallasida tengqurlari bilan bölgan barça bahslarda hamişa ğolib çiqqani uçun uni “Tammatul-Kubro” deya ataşgan. Keyinçalik “Kubro” sözi laqab bölib qolgan. Buning yoniga “Najmiddin” &ndaş; “dinning yulduzi” degan martaba-unvon qöşilib, Ahmad ibn Umar şundan keyin Najmiddin Kubro nomi bilan maşhur bölib ketadi. “Abul Jannob” sözi esa Najmiddin Kubroning kunyasi bölib, mazkur sözning maʼnosi dunyodan parhez qilgan taqvodorning otasi degan maʼnoni anglatadi. Boşqaça aytganda, şayxning taqvo va tavba posboni ekanligiga işora. Abdurahmon Jomiyning yozişiça, Najmiddin Kubro Iskandariya şahrida muhaddis ulamolardan hadis ilmini örganib qaytayotganida, yölda bir keça hazrati Payğambar (s.a.v.)ni tuşida köradi va ul zotga murojaat qilib: “Menga kunya bağişlang”, deydi. Rasululloh (s.a.v.) Najmiddinga: “Sening kunyang Abul Jannob &ndaş; dunyodan ijtinob qilib (çetlanib), parhez etuvçi böladi”, deya marhamat qiladilar.
