XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki ilm-fan, madaniyat va maʼnaviy hayotning mislsiz rivojlangani bilan ham ahamiyatlidir. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlari tomo nidan amalga oşirilgan islohotlar natijasida diniy va dunyoviy bilimlar, madaniyat va sanʼat, ilm-maʼrifat, adabiyot va şeʼriyat, taʼlim-tarbiya kabi sohalar jadal rivojlanib, yuqori bosqiçga kötarilgan.
Amir Temur uçun ilm-maʼrifat &ndaş; davlatning maʼnaviy qanotini taşkil etgan. Şuning uçun ham olim-u fuzalolarga zarur şart-şaroitlar yaratib, yangi ilmiy asarlar va kitoblarni çop etişni yölga qöygan. Olimlarni jamiyatning eng muhim qatlami deb bilgan uluğ bobomiz “Temur tuzuklari” asarida “Davlat işlarining töqqiz uluşini kengaş va tadbir, qolgan bir uluşini qiliç bilan amalga oşirdim”, deb yozadi.
Amir Temurning ilmga bölgan muhabbati uning bunyodkorlik falsafasida ham aks etgan. Bu yölda Samarqandni öz davrining yirik ilmiy-madaniy mar kaziga aylantirişni maqsad qilgan va öz niyatiga erişgan. U qurdirgan har bir madrasa ilm-fan öçoğiga aylanib, jamiyat ravnaqiga xizmat qilgan. Amir Temur dunyoning turli mamla katlaridan közga köringan faqihlar, muhaddislar, mufassirlar, mutakallim va xattotlarni Samarqandga olib kelib, ularga ğamxörlik körsatgan. Bunday olimlar qatorida Muhammad ibn Jazariy, Saʼduddin Taftazoniy, Sayyid Şarif Jurjoniy va Ibn Arabşoh kabilarni sanab ötiş mumkin. Bu esa islom ilmlari sohasida özaro bilim va tajriba almaşinuvini kuçaytirgan, ilmiy muhitni yanada boyitgan.
Bu davrda Samarqandda köplab masjidlar, madrasalar, kutubxonalar va boşqa ilmiy muassasalar barpo etildi. Bibixonim masjidi, Şohi Zinda ansambli kabi obidalar nafaqat meʼmoriy jihatdan, balki maʼnaviy va ilmiy markaz sifatida ham şuhrat qozondi. Kutubxonalar esa qölyozmalarni töplaş, saqlaş va qayta köçiriş, tarjima işlarini tizimli amalga oşirişga xizmat qilgan. Temuriylar davrida madrasalarda Qurʼon va tafsir ilmi, hadis, fi qh, aqida bilimlari bilan bir qatorda, mantiq va falsafa, astronomiya va matematika, tibbiyot kabi dunyoviy aniq fanlar öqitilgan. Amir Temur va temuriy şahzodalar ilm ahliga homiylik qilişni, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşni özlari uçun asosiy vazifa deb bilişgan. Natijada, bu davrda yetişib çiqqan olimlar jahon ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qöşib, Şarqda Ikkinçi Renessansga asos solganlar. Bu davrda Mirzo Uluğbek astronomiya sohasida öz davridan juda ham ilğorlab ketgan buyuk kaşfi yotlar qilgan. Jumladan, uning “Ziji jadidi Köragoniy” yulduzlar jadvali asrlar davomida Yevropada ham asosiy ilmiy manba sifatida qöllanilgan. Ğiyosiddin Koşiy, Ali Quşçi kabi olimlar esa matematika, astronomiya va mantiq sohalarida, Abdurahmon Jomiy, Alişer Navoiy kabi buyuk daholar adabiyot, maʼnaviyat va tasavvuf ilmlarida öçmas iz qoldirgan.
Amir Temur va temuriylar davrida islom ilmlari rivojiga töxtaladigan bölsak, bu borada şuni aytiş mumkinki, birin çi dan, mavjud ilmlarni tizimlaştirgan holda öqitiş yölga qöyilgan. Ikkinçidan, islom ilmlarini amaliy hayotga tatbiq etiş keng kuzatilgan. Masalan, Mirzo Uluğbek davrida astronomiya fani yutuqlaridan ibodat vaqtlarini, şuningdek, Ramazon oyining boşlanişini aniqlaşda foydalanilgan. Uçinçidan, hukmdorlar tomonidan ilm ahlining har tomonlama qöllab-quvvatlanişi islom ilmlarining rivojlanişiga katta turtki bergan. Temuriylar davrida xattotlik sanʼati, ayniqsa, kitobat madaniyati taraqqiy etib, har bir qölyozma sanʼat asari darajasida yaratilgan. Xattotlar Qurʼoni Karim nusxalarini, ilmiy va badiiy asarlarni gözal yozuvlarda köçirişni yölga qöyganlar. Naş, suls va nastaʼliq kabi xat turlari keng qöllanilgan. Kitob yaratiş jarayonida xattot, musavvir va muzahhib (zarhallovçi) kabi hunar egalari iştirok etgan. Bu hamkorlik natijasida haqiqiy sanʼat asarlari yaratilgan. Hirot maktabi miniatyura sanʼati bu sohada alohida maşhur bölgan. Temuriylar davrida Hirot şahri tasviriy sanʼat, xattotlik, şeʼriyat va adabiyot, meʼmorçilik markaziga aylangan bölsa, Samarqand tafsir, kalom, mantiq, baloğat, astronomiya, matematika kabi fanlar yuksak taraqqiy etgan bilim markazi sifatida maşhur bölgan.
Amir Temur va temuriylar davrida, ayniqsa, Qurʼoni Karim nusxalarini köçirişga alohida eʼtibor qaratilgan. Qurʼon nusxalarini tayyorlaşga nafaqat ehtiyoj, balki yuksak sanʼat anʼanasi sifatida qaralgan. Samarqand va Hirot kabi şaharlar bu sohada jahon ahamiyatiga molik markazlarga aylangan.
Amir Temur va temuriy şahzodalarning Qurʼon kotiblariga homiylik körsatişlari, hatto özlari ham şaxsan uşbu faoliyat bilan bevosita şuğullanişlari bunga sabab bölgan. Xususan, Amir Temurning kotibi Umar Aqto tomonidan 1402&ndaş;1405-yillarda köçirilgan Qurʼon nusxasi bugungi kunda Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida saqlanadi. Bundan taşqari, Amir Temurning nevarasi Ibrohim Sulton öz qöli bilan köçirgan yana bir Qurʼoni Karim nusxasi ham yuqorida qayd etilgan muzeyda saqlanadi. Eronda ham Ibrohim Sulton tomonidan köçirilgan Qurʼoni Karimning bir neçta qölyozmalari mavjud. U Şerozda ikkita xattotlik maktabiga asos solgan. Xattotlik faqatgina kitobat sanʼatida emas, balki meʼmorçilikda ham keng qöllanilgan. Masjid va madrasalar devorlaridagi oyat va hadislar nafaqat maʼno, balki yuksak estetik ahamiyatga ham ega bölgan.
Temuriylar davri tajribasi şuni körsatadiki, ilm-fanga eʼtibor qaratiş jamiyat taraqqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Ayniqsa, ilm va sanʼatning uyğun rivojlanişi temuriylar davrining eng muhim xususiyatidir. Bu jihat bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, oradan yetti asrga yaqin vaqt ötdi. Bugun davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan mamlakatimizda bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi mana şu tarixiy davomiylikning amaliy isbotidir. Uşbu zamonaviy majmua nafaqat ajdodlar merosiga ehtirom, balki Uçinçi Renessans poydevorini qurayotgan Yangi Özbekistonning zamonlar oşa aks etayotgan qudrati va bunyodkorlik ruhini ifoda etadi. Islom sivilizatsiyasi markazi &ndaş; Temuriylar boşlagan maʼrifi y yurişning mantiqiy davomidir. Bu maskanda buyuk davlat arbobi va sarkarda, Ikkinçi Uyğoniş davri &ndaş; Temuriylar Renessansi bunyodkori Amir Temurning milliy davlatçiligimiz va jahon tarixida egallagan örni hamda temuriy lar merosiga alohida eʼtibor qaratil gan. Markazning Uluğbek portalidan kirave rişdagi “Şon-şaraf” zalida diyorimizdan yetişib çiqqan buyuk alloma va sarkardalar tasvirlangan bölib, Amir Temur siymosi undan munosib örin olgan.
Şuningdek, Islom sivilizatsiyasi mar kazi ning yirik ekspozitsiyasi “Ikkinçi Renessans va özbek xonliklari davri” deb nomlanib, bu yerda asosan temuriylar davri ilm-fani, sanʼati va madaniyatiga oid qimmatli asarlar va nodir aşyolar bilan birga, öşa davr tamaddunining jahon taraqqiyotiga qöşgan beqiyos hissasini gavdalantiruvçi noyob eksponatlar örin olgan.
Özbekiston Respublikasi Prezi denti ning 2026-yil 5-fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi 46-son qarori temuriylar dunyoga taqdim etgan merosni qayta tiklaşda yangi davrni boşlab berdi. Qarorga köra, endilikda har yili aprel oyi mamlakatimizda “Amir Temur oyligi” sifatida keng nişonlanadi, “Temur tuzuklari” asari jahonning köplab tillarida çop etiladi. Xorijda saqlanayotgan nodir qölyozmalarning nusxalari yurtimizga olib kelinadi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi eng zamonaviy texnologiyalar asosida rekonstruktsiya qilinadi.
Mamlakatimizda Amir Temur nomidagi davlat stipendiyasi va “Temuriylar merosini asraş” umummilliy jamğarmasining taşkil etilişi ilm-fan va taʼlim sohasi dagi temurşunoslik anʼanalarini yangi bosqiçga kötaradi. Uşbu islohotlar nafaqat tarixiy merosni muhofaza qiliş, balki Uçinçi Renessans poydevorini yaratayotgan Yangi Özbekiston uçun maʼnaviy kuç-quvvat manbayi bölib xizmat qiladi.
Komiljon Şermuxamedov,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori
Manba: "Jadid" gazetasining 2026-yil 17-aprel kuni 16 (120)-son
