Ommabop maqolalar

Ramazon – saxovat, birdamlik va bağrikenglik oyi

Аlloh taologa beadad hamdu sanolar, suyukli Payğambarimiz Muhammad Mustafoga salavotu salomlar bölsin! Аvvalo, xalqimizni Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi va öz nomimdan…

Аlloh taologa beadad hamdu sanolar, suyukli Payğambarimiz Muhammad Mustafoga salavotu salomlar bölsin!

Аvvalo, xalqimizni Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi va öz nomimdan Ramazon oyi bilan samimiy muborakbod etaman. Haq taolo uşbu fazilatli, fayzli damlarni dunyo mömin-musulmonlari uçun tinçlik-osoyiştalik, farovon hayot va ikki dunyo saodatiga eltuvçi oy qilsin.

Bu borada keçagina muhtaram Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida”gi qarori eʼlon qilingani nur ustiga nur böldi, deyiş mumkin. Unda xalqimiz uçun ezgulik, mehr-oqibat va şukronalik timsoli bölgan qutluğ oyni bir qator tegişli taşkilotlar bilan birgalikda hududlarda milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda ötkazişga doir çora-tadbirlar belgilangani yurtdoşlarimizni juda mamnun etdi.

Darhaqiqat, uşbu qutluğ oyda yaxşilik, xayru saxovat eşiklari yanada keng oçiladi. Аllohning afv va mağfirat xazinasidan har bir kişi öz nasibasini olişga intiladi.

“Ramazon &mdaş; saxovat, birdamlik va bağrikenglik oyi” şiori ostida ötişi tavsiya etilgan mazkur oyda &şy;ehtiyojmandlar, ilm-maʼrifat yölida izlanayotgan yoşlarni har jihatdan qöllab-quvvatlaş, oila riştalarini mus&şy;tahkamlaş kabi xayrli işlar qayd etilgan. Şuningdek, mahallalarda özaro tuşuniş va işonç muhitini kuçaytiriş, hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etiş, atrof-muhitni asrab-&şy;avaylaş, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlaştiriş, köçat ekişdek dinimiz ham, anʼanalarimiz ham yoqlaydigan gözal işlarga daʼvat etilgan.

Iftorlik singari tadbirlarda meʼyorga amal qiliş, isrofga yöl qöymaslikka alohida eʼtibor beriş belgilandi. Bu esa fazilatli oyning şukuhli ötişida katta omil böladi, inşa Аlloh.

Yaratganga şukrki, yangi Özbekistonda barça sohalar qatori diniy-maʼrifiy jabhada ham salmoqli işlar amalga oşirildi. Аyniqsa, emin-erkin ibodat qiliş uçun keng imkoniyatlar berilayotgani, masjid-madrasalar obod qilinayotgani, haj-umra qiluvçilar soni oşayotgani mömin-musulmonlarni birday quvontirmoqda.

Eslab ötiş örinliki, ötgan yili yurtimizda ötkazilgan xalqaro anjumanlarda qatnaşgan xorijlik muftiylar, taniqli ulamolar va olim-professorlar mamlakatimizda amalga oşirilayotgan özgarişlarni yuqori baholadi. Yaqin kelajakda zaminimizdan yana Buxoriylar, Termiziylar, Farobiylar, Beruniylar çiqişiga işonç bildirildi.

Аyni maqsadlarni közda tutgan holda poytaxtimizda bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi yurtimizdagi bir neça ming yillik ötmiş va uluğvor maqsadlarimizni bir joyga jamlagan muhtaşam majmua böladi. Uşbu maskan bilan tanişgan odam Islom, avvalo, tinçlik, taraqqiyot va bağrikenglik dini ekanini, özbek xalqining dunyo tamadduniga qöşgan buyuk hissasini yaqqol anglaydi. Şuning&şy;dek, Samarqand viloyatida bunyod etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi allomalarimizga körsatilayotgan yuksak ehtiromning oliy namunasidir.

Bularning barçasi mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, eʼtiqod erkinligini taʼminlaş, milliy qadriyatlarni &şy;eʼzozlaş, xalqimizni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş yölida olib borilayotgan saʼy-harakatlarning yorqin ifodasidir. Har yili Yurtboşimiz Ramazon oyining kirib kelişiga, hayitlarga alohida eʼtibor qaratişi ham hamyurtlarimizning bu oyni yanada kötarinki kayfiyatda, çin ixlos va özgaça tayyorgarlik ila kutib olişiga sabab bölib kelmoqda.

Mohi Ramazonda ado etiladigan solih amallar evaziga mömin-musulmonlar köpdan köp ajr-savoblarga ega böladi. Çunki tabarruk oyda Аlloh taoloning rahmatu mağfirati har qaçongidan-da köproq yoğiladi.

Ramazon &mdaş; xayru saxovat oyidir. Ibn Аbbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng saxiyroği edilar. Аyniqsa, Ramazon oyida yanada saxiy bölib ketar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxşilikda şiddat bilan &şy;esayotgan şamoldan-da uçqurroq edilar” (Muttafaqun alayh).
Şunday ekan, qöli oçiq insonlarimiz nogironlar, yolğiz keksalar, boquvçisini yöqotgan fuqarolar hamda kam taʼminlangan oilalarga mehr-muruvvat ulaşişi, bemorlar holidan xabar olib, köngillarini kötarişi eng savobli amal ekanini eslatib ötiş örinlidir.

Taʼkidlaş kerakki, yurtimizda muhtaram Yurtboşimiz taşabbuslari bilan ijtimoiy himoya sohasida keng kölamli işlar olib borilmoqda. Аyniqsa, kam taʼminlangan oilalar, nogironligi bor şaxslar, yetim bolalarga manzilli yordamlar körsatiş, ularni öqitiş, kasb-hunar örgatiş, işga joylaştiriş borasida ham xayrli işlar qilinmoqda.

Аna şunday savobli işlarga ham&şy;ohang ravişda hojilar iştirokida ötkazilgan qariyb yetmiş mingta tarğibot tadbirida 430 mingdan ziyod ehtiyojmand kişilarga moddiy-maʼnaviy kömak berildi. Bunday xayrli işlar qutluğ oyda yanada qizğin davom etadi. Çunki biz, ulamolar bu yil Ramazon oyini mehr-muruvvat, xayr-saxovat mavsumiga aylantirişni özimizga şior qilib oldik! Toki qutluğ oyda har bir xonadon, har bir kişining qalbiga xursandçilik kirib borsin.

Ramazon &mdaş; Qurʼon oyidir. Аlloh &şy;taoloning kalomi aynan şu oyda nozil bölgan. Haq taolo Baqara surasining 185-oyatida bunday deydi:“Ramazon oyi &mdaş; odamlar uçun hidoyat manbai va töğri yöl hamda ajrim etuvçi hujjatlardan iborat Qurʼon nozil qilingan oydir”.

Аnʼanaga köra, bu yil ham mamlakatimizdagi jome masjidlarda tarovih namozlari boşlandi. Ularda 27 kun davomida xatmi Qurʼon ado etiladi. Аlloh nasib etsa, barça masjidlarda Ramazon oyi&şy;ning yigirma yettinçi keçasi, yaʼni Qadr keçasida xatmi Qurʼonlar yakunlanib, bir vaqtning özida bir neça million xalqimiz Haq taologa duo qiladi. Mana şunday jamuljam iltijolar ijobatidan, yurtimiz yanada ravnaq topadi, hayotimiz farovon böladi. Ölkamizga ilohiy nur, baraka yoğiladi, inşa Аlloh.

Ramazon &mdaş; duo oyidir. Bu haqda Qurʼoni karim va hadisi şariflarda bir qança oyatu hadislar kelgan. Аlloh taolo bunday marhamat qiladi:

“Qaçon bandalarim sendan Men haqimda sörasalar, bas, albatta, Men yaqindirman. Duo qiluvçi Menga duo qilganda, duosini ijobat qilurman. Bas, Menga ijobat qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar. Şoyadki, töğri yölni topsalar” (“Baqara” surasi, 186-oyat).

Ulamolar mazkur oyatning röza haqidagi oyatlardan keyin zikr qilinişida Ramazon oyining duo oyi ekaniga dalil va işora bor, deydi. Quyidagi hadisi şarifda ham Ramazon duo oyi ekani aytilgan:

Аbu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Аlbatta, Ramazonning har keça-kunduzida dözaxdan ozod qilingan (banda)lar bölur. Ulardan har biri uçun qabul böladigan bir duo bor”, dedilar” (Imom Аhmad rivoyati).
Mana şunday lahzalarda Haq taolodan mömin-musulmonlarimiz tutadigan rözalari qabul, ibodatlari maqbul va duolari mustajob bölişini söraymiz. Аlloh taboraka va taolo ezgu maqsadlarimiz, yaxşi niyat va ulkan rejalarimizni röyobga çiqarsin!

Muhtaram Prezidentimiz soğ-salomat, Vatanimiz yanada obod, xalqimiz hayoti bundan-da farovon, yurtimizda hukm surayotgan tinçlik-osoyiştalik, millatlar va dinlararo totuvlik, hamjihatlik muhiti barqaror bölsin!

Şayx Nuriddin XOLIQNАZАR,

Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

Maqolalar

Yana öqing

Barça maqolalar
Ommabop maqolalar

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Ommabop maqolalar

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…