Ommabop maqolalar

Prezidentimizning BMTdagi nutqi yetakçi ekspertlar nigohida

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasi 80-sessiyasidagi nutqi xorijlik ekspert va ilmiy doira vakillarining eʼtiborini tortdi. Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan…

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasi 80-sessiyasidagi nutqi xorijlik ekspert va ilmiy doira vakillarining eʼtiborini tortdi.

Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan taşabbuslar nafaqat mintaqa, balki global ahamiyatga ega ekani bilan ham ğoyat dolzarb hisoblanadi. Malayziya xalqaro islom universiteti professori Şukran Abdul Rahmon va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori örinbosari Şahzod Islomov AQŞning “Islamicity” portalida “Özbekistonning global nigohi: inson qadrini uluğlaş, mintaqaviy hamkorlik va xalqaro hamjihatlik” (Uzbekistanʼs Global Vision: Advancing Human Dignity, Regional Cooperation, and International Solidarity) mavzusida maqola eʼlon qildi.

Mualliflarning yozişiça, zamonaviy dunyodagi dinamik özgarişlar köplab mamlakatlarni inson hayoti va jahon taraqqiyoti istiqboliga nisbatan yangiça yondaşuvlarni qabul qilişga majbur etmoqda. Boşqa davlatlar singari Özbekiston ham tez surʼatlarda özgarayotgan va tobora murakkablaşib borayotgan dunyo muhitidagi qiyinçiliklarni yengib ötişga intilmoqda. 

BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatning bu murakkab voqelikda tutgan ustuvor mavqei va erişgan yutuqlarini bayon etar ekan, “Yangi Özbekiston”ni barpo etişning konseptual yönalişlari haqida söz yuritdi. Maʼruzada milliy taraqqiyot maqsadlariga erişiş hamda hamjihatlik, tinçlik va inson qadriga asoslangan global dunyoqaraş öz ifodasini topgan.

Özbekistonning eng ustuvor maqsadi har bir oila va fuqaroning hayotini yaxşilaş, kambağallikni qisqartiriş hamda inson qadrini uluğlaşdir. Mamlakatning bir qator muhim yutuqlari bu yönalişdagi jadal ilgarilaşini ifoda etadi. Savdo, investitsiya va transport sohalaridagi körsatkiçlar mintaqa böylab deyarli beş barobar ösgan. Özbekiston çegara hududlarida qöşma investitsiya dasturlari, savdo va sanoat zonalarini taşkil etdi, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşirmoqda. Şu bilan birga, mamlakat xalqaro munosabatlarda mustaqil, masʼuliyatli iştirokçi sifatida maydonga çiqib, hamjihatlik, barqarorlik va Markaziy Osiyoning tinçlikparvar siyosatini tamsil etmoqda.

Kambağallik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgaça keskin qisqardi. Bu taʼlim va fan sohalaridagi islohotlar, yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantiriş, “yaşil energetika”, transportni modernizatsiya qiliş, kiçik biznes va iş örinlarini yaratiş orqali amalga oşdi.

Maqola mualliflarining eʼtirof etişlariça, bu yutuqlarning asosiy omillaridan biri kuçli va yangi çaqiriqlarga şay taʼlim tizimining mavjudligidir. Natijada maktabgaça taʼlim qamrovi 27 foizdan 78 foizgaça oşdi. Oliy taʼlimda yoşlar qamrovi 9 foizdan 42 foizga yetdi. Şuningdek, öqituvçilik kasbining nufuzini va maqomini oşiriş mamlakatning muhim ustuvor yönalişiga aylandi.

Şu bilan birga, mamlakat zamonaviy soğliqni saqlaş tizimini yaratiş, ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayot va tadbirkorlikdagi rolini kuçaytirişga ham alohida eʼtibor qaratmoqda. 

Ayniqsa, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markazini taşkil etiş orqali islomning insoniylik, bağrikenglik va maʼrifat taʼlimotini tarğib etişdagi taşabbuslari, BMT qarorgohida Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy kabi buyuk allomalar ilmiy merosini zamonaviy uslubda namoyiş etişga intilişi tahsinga loyiqdir, deyiladi maqolada.

Taʼkidlaş kerakki, davlatimiz rahbarining BMT Boş Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi tarixiy nutqi va unda ilgari surilgan taşabbuslar birinçi galda mamlakatimiz taraqqiyotiga yangi odim berişi bilan birga, insoniyat oldida turgan dolzarb muammolarni hal etişda samarali yeçimlar taklif etadi.

Manba: ÖzA

Maqolalar

Yana öqing

Barça maqolalar
Ommabop maqolalar

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Ommabop maqolalar

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…