Keyinga qoldiriş şayton qöllagan yöl hisoblanib, u bu bilan musulmonni yöldan ozdirişni maqsad qiladi. Çunki şayton möminni dindan voz keçtirolmasligini, unga namoz va röza kabi amallarni tark ettirolmasligini yaxşi bilib, özining keyinga qoldirişdek yengil, lekin xatarli uslubini işlatadi. Endi möminning qalbiga biror amalni bajariş kelganda şayton öşa uslubi böyiça öynab, uni amaldan töxtatadi. Aytadiki, bugun falon va falon amallarni qilib ulgurişing kerak, bunisini ertaga qilaqol. Ertasiga esa yana boşqa bahonalar öylab topadi. Şu yösinda öşa amalni hali kelmas ertagaça qoldiraveradi.
Inson hisob-kitob kuni tarozusining yaxşi amallar pallasi oğir kelişini xohlaydi. Buning uçun u nafl namoz yoki sadaqalarni köpaytirib, Allohga mahbub böliş kerakligini öylaydi. Çunki kişi farzlar mukammal bölişi uçun nafllarni ham bajariş keraklini juda yaxşi biladi. U şu haqida fikr yuritib, nafl ibodatlar va zikr kabi amallar qilişga özida turtki topadi. Ayni paytda şayton keladi-da, har xil hiyla nayranglar işlatib, unga öşa amallarni keyinga qöyişga köndiradi. Hatto, uning şu işini oqlaydi. Natijada vaqtlari behuda narsalar bilan ötib, bora-bora soğligi ham ketadi. Endi esa xohlasa ham, ming urinsa ham, öşa amallarni bajarişga kuçi yetmaydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Ikki neʼmat borki, köpçilik odamlar undan bebahra qoladilar. Ular soğlik va böş vaqtdir”, (Imom Buxoriy rivoyati) degan hadislari esa biror amal xayolimizga kelsa, uni bajarişga fursat topişimiz bilanoq keçiktirmasdan darrov amalga oşiriş kerakligini uqtiradi. Çunki Alloh taolo yaxşi amalga şoşilişga buyuradi: “Va Parvardigoringiz tomonidan bölğusi mağfiratga hamda eni osmonlar va Yer barobarida bölgan jannatga şoşilingiz! U (jannat) taqvodor zotlar uçun tayyorlab qöyilgandir” (Oli Imron surasi 133-oyat).
Demak, yaxşi amallarga şoşiliş kerak, ularni keyinga qöymaslik lozim. Balki bunday işlar uçun dunyo işlarida bölgani kabi musobaqalaşiş yaxşidir.
Voridni ikrom qilsang, u yana keladi
Şayxim rahmatli aytardilar: “Xayolga kelgan biror yaxşi amalga vorid (keluvçi) deyiladi. Agar qalbingiz eşigini biror vorid qoqsa va siz uni yaxşi kutib olib, hurmat izhor qilsangiz, xohişiga mos amal bilan iltifot körsatsangiz, u yana qayta kelaveradi. Kelib, sizni boşqa yaxşi amallarga ham daʼvat etadi. Ammo aksi bölsa-çi? U juda oriyatli mehmon. Ortiga qaytib ketadi-da, hargiz qaytmaydi. Keyin esa qalbingizga yaxşi va solih amallar xayoli hozir bölmaydigan bölib qoladi.
Şayx Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahullohning
asar va maqolalari asosida
Toşkent Islom instituti katta öqituvçisi
Abdulhodiy Ğiyos tayyorladi
