Bugungi kunda Yangi Özbekistonda korruptsiyaga qarşi kuraşiş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Zero, jamiyat tanasini iç-içidan kemiruvçi bu illat nafaqat iqtisodiy jinoyat, balki maʼnaviy tanazzul, adolat mezonlarining buzilişi va eng muhimi omonatga xiyonatdir. Xalqimizning ming yillik qadriyatlari va muqaddas dinimiz manbalarida ham birovning haqini nohaq özlaştiriş, mansabdan foydalanib boylik orttiriş qattiq qoralangan.
Korruptsiyaning ildizi, avvalo, harom va halol tuşunçasining yöqolişidadir. Qurʼoni karimning “Baqara” surasi, 188-oyatida bu masala oçiq bayon qilingan: “Mol-mulklaringizni örtalaringizda nohaq (yöllar) bilan yemang! Şuningdek, bila turib, odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yöli bilan yeyiş maqsadida uni (pora qilib) hokimlarga uzatmang”.
Mazkur oyatga şarh bergan yirik mufassirlar, xususan, Аbul Barokat Nasafiy “Madorik at-tanzil” asarida juda nozik va ibratli öxşatişni keltiradi. U oyatdagi “uni hokimlarga uzatmanglar” jumlasini şarhlar ekan, arab tilidagi “adla dalvahu” (çelagini tuşirdi) iborasini esga oladi. Bu &ndaş; suv çiqarib oliş uçun quduqqa çelak taşlaş maʼnosini bildiradi.
Mufassirning fikriça, pora beruvçi xuddi quduqqa çelak taşlagan kişiga öxşaydi. Çelak taşlagan odam uning evaziga suv çiqarib olişni umid qilganidek, pora uzatgan kimsa ham “hadyasi” (porasi) evaziga öziga kerakli hukmni, nohaq imtiyozni “tortib çiqarib olişni” maqsad qiladi. Demak, oyat nafaqat poraxörlikni, balki mansabdorni sotib oliş orqali özgalar haqiga xiyonat qilişni ham qatʼiy taqiqlaydi.
Şaxslar köpinça özlari olayotgan narsalarni pora emas, “hurmat yuzasidan berilgan sovğa”, deb xaspöşlaşga urinişadi. Biroq, bundan ön tört asr muqaddam Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) bunday “oqlov”larga çek qöyuvçi mukammal mantiqiy mezonni örtaga taşlaganlar.
Tarixdan maʼlumki, Аzd qabilasidan bölgan Ibn Utbiyya ismli kişi zakot yiğişga masʼul etib tayinlanadi. Safardan qaytgaç, u yiğilgan mollarni davlat ğaznasiga topşira turib: “Mana bu narsalar sizlarga, bunisi esa menga hadya qilindi”, deydi.
Şunda Rasululloh (s.a.v.) ğazablanib, bugungi kun uçun ham oltin qoidaga teng bölgan quyidagi sözlarni aytadilar: “U kişi otasi yoki onasining uyida ötirganida unga öşa hadya berilarmidi yoki yöqmi?! Jonim qölida bölgan Zotga qasamki, kim undan (jamoat mulkidan) biror narsani özlaştirsa, Qiyomat kuni öşa narsani böynida kötargan holda keladi” (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati). Bu hadisdagi mantiq juda ötkir: senga berilayotgan “sovğa” sening şaxsing, gözal xulqing uçunmi yoki egallab turgan mansabing uçunmi? Аgar sen şu lavozimda bölmaganingda, bu “hurmat” körsatilarmidi? Аgar javob “yöq” bölsa, demak, bu sovğa emas, balki poraning yaşirin körinişi “ğulul” (xiyonat)dir.
Mansabdor şaxsning “sovğa” qabul qilişi manfaatlar töqnaşuvini keltirib çiqarişi va adolat tarozisini buzişi hayotiy haqiqatdir. Bunga Umar ibn Xattob (r.a.) rahbarlik davrida bölgan bir voqea yaqqol misol böla oladi. Imom Tabaroniyning rivoyat qilişiça, bir kişi Hazrati Umarga tuyaning son göştini hadya qiladi. Oradan vaqt ötib, öşa kişi bir nizoli masalada raqibi bilan u zotning huzuriga keladi. Hukm çiqariş jarayonida haligi kişi bergan “sovğa”sini eslatmoqçi bölib: “Ey möminlar amiri! Men uçun xuddi tuya soni ajratilganidek ajrim qiluvçi hukm qiling”, deb işora qiladi. Bu gapning tagida yotgan taʼmani darhol fahmlagan Umar (r.a.)ning ğazabi keladi va qöli bilan soniga urib: “Аlloh naqadar buyuk-a! Barça ölkalarga yozinglar: Mansabdorlarning hadyalari &mdaş; Ğululdir (xiyonatdir)!” deya farmon beradilar.
Yuqoridagi tarixiy va maʼnaviy dalillar şuni körsatadiki, jamiyat mulkiga köz olaytiriş, lavozimdan foydalanib tamagirlik qiliş keçirilmas gunoh va oğir jinoyatdir.
Korruptsiya &ndaş; şunçaki iqtisodiy jinoyat yoki davlat ğaznasiga qöl çözişgina emas. Uning eng dahşatli va uzoqqa çöziluvçi asorati jamiyatni iç-içidan yemirib, ijtimoiy tuzilmani vayron qilişida namoyon böladi. Bu illat ildiz otgan muhitda, avvalo, ijtimoiy adolat mezonlari sinadi. Qonun ustuvorligi örnini “taniş-bilişçilik” va pulning kuçi egallaydi. Natijada, meritokratiya tamoyili buzilib, çinakam isteʼdod va salohiyat egalari çetga surib taşlanadi. Lavozimlarni “qöli uzun”, ammo noloyiq kimsalarning egallaşi yoşlarda “hayotda bilim emas, balki aloqalar hal qiladi” degan noumidlig-u işonçsizlikni uyğotadi.
Bunday muhit “aqllar oqimi” (brain drain) deb ataluvçi oğriqli jarayonni tezlaştiradi. Аdolatsizlikdan çarçagan ziyoli qatlam, yetuk olimlar, malakali şifokorlar va muhandislar öz qadrini biladigan xorijiy ölkalarga çiqib ketişga majbur böladilar. Oqibatda mamlakatning intellektual salohiyati va genofondi zaiflaşib, jamiyat qoloqlik sari yuz tutadi. Şu bilan birga, korruptsiya aholining keskin tabaqalanişiga xizmat qiladi: davlat resurslari xalq farovonligi, yöl, maktab va şifoxonalar uçun emas, balki tor doiradagi manfaatdor guruhlarning çöntagiga yönaltiriladi. Tadbirkorlarning “yaşirin xarajatlari” mahsulot narxiga qöşilib, oxir-oqibat buning oğir yuki yana oddiy xalqning yelkasiga tuşadi.
Eng xavotirlisi, bu jarayon davlat institutlariga va qonunga bölgan işonçni söndiradi. Fuqarolar davlat idoralarini himoyaçi emas, balki “tamagir” sifatida köra boşlaydi, öz muammolarini qonuniy yöl bilan hal qiliş imkoniga şubha bilan qaraydi. Bunday huquqiy nigilizm jamiyatda norozilik kayfiyatini kuçaytiradi. Boz ustiga, millatning maʼnaviy ildizlariga bolta uriladi: halol mehnat qadrsizlanib, “uddaburonlik”, “yölini qiliş” kabi illatlar soxta fazilatga aylanadi. Yoş avlod ongida “pul bilan hamma narsani sotib oliş mumkin” degan xavfli dunyoqaraşning şakllanişi esa kelajak uçun eng katta tahdiddir.
Pirovardida, korruptsiyalaşgan tizim milliy xavfsizlikka raxna soladi. Sifatsiz qurilgan binolardan tortib, jazodan qutulib qolgan jinoyatçilargaça, barçasi insonlar xavfsizligi va hayotiga bevosita tahdid soluvçi omillar hisoblanadi. Şu bois, bu illatga qarşi kuraşiş &ndaş; faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning işi emas, balki butun jamiyatning, har birimizning burçimizga aylanişi şart. Hadisi şarifda aytilganidek, dunyoda yaşirinça olingan har qanday nohaq luqma, xoh u tuya bölsin, xoh zamonaviy avtomobilь yoki pul, Qiyomat maydonida butun xaloyiq oldida böyinga yuklangan holda foş böladi. Rasululloh (s.a.v.)ning qöllarini baland kötarib, uç bora: “Ey Аllohim, yetkazdimmi?”, deya takrorlaşlari, bu masalaning naqadar nozik va xatarli ekanidan dalolat beradi.
Şunday ekan, har bir şaxs, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoev taʼbirlari bilan aytganda – “halollik vaktsinasi”ni qabul qilgan holda, öz vazifasini bajarişda şaxsiy manfaatlarini aralaştirmasligi, xalq va Vatan oldidagi omonatiga xiyonat qilmasligi lozim. Zero, adolat va halollik ustuvor bölgan yurtdagina qut-baraka va yuksaliş böladi.
Baxromov Sunnatilla
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi
