Ommabop maqolalar

Istiqlol timsoli – madhiya

Har bir insonga Yaratgan tomonidan ato qilingan uluğ neʼmatlardan biri bu – öz yeri, makoni, Vataniga ega bölib, şu joyda erkin hayot…

Har bir insonga Yaratgan tomonidan ato qilingan uluğ neʼmatlardan biri bu &ndaş; öz yeri, makoni, Vataniga ega bölib, şu joyda erkin hayot keçiriş, tinçlikda yaşaş hisoblanadi. Öz Vatanida inson omonlikni his qiladi, xotirjamlik va kamolotga erişadi. Şu sababli, dinimizda har bir musulmon uçun Vatanni seviş, uni ardoqlaş va himoya qiliş şart qilingan. Bu borada Payğambarimiz (s.a.v) tomonlaridan musulmon ahliga çiroyli ibrat bor. Çunki, Rasululloh (s.a.v) özlari tavallud topgan Makka şahriga nisbatan mehr-muhabbatlari yuksak bölgani borasidagi dalillar yetarli.

Darhaqiqat, Vatanni sevişda uning timsollari bölgan bayroq, gerb va madhiyani ardoqlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, madhiya inson qalbida öz Vataniga muhabbat va sadoqat, milliy ğurur, öziga xos faxr va iftixor tuyğularini uyğotadi. Bu milliy timsolda xalqning ötmişi, buguni va kelajagi tarannum qilinadi. Madhiya yangraganda insonda ruhan jöşqinlik va azmu şijoat yuksaladi, qalbda ğurur va buyuk istiqbolga işonç tuyğusi paydo böladi. Madhiya maʼnaviyatning eng muhim timsollaridan biridir.

Özbekiston Respublikasi Madhiyasi yoşlarda vatanparvarlik, bebaho tarixiy merosni idrok qiliş, milliy özlikni şakllantirişda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bölib voyaga yetişida muhim tarbiyaviy vosita bölib qolmoqda. Madhiyada tarannum etilgan mardona va şaraflarga boy ötmişimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinçlik, osoyiştalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyğular esa kelajagimiz poydevori bölgan yoşlar uçun muhim dastak böladi.

Taʼkidlaş lozimki, Prezidentimizning turli mamlakatlarga rasmiy taşriflari çoğida, Özbekistonga kelgan xorijiy mamlakatlarning rahbarlarini kutib oliş marosimlarida, yirik xalqaro anjumanlar, sport musobaqalarida va sportçilarimizning xalqaro musobaqalarida eng baland şohsupaga kötarilgan paytida baralla yangraydigan mamlakatimiz madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda Özbekiston Respublikasining “Davlat madhiyasi töğrisida”gi Qonuni asosida qabul qilingan edi. Mustaqil Özbekistonda madhiyani qabul qiliş jarayoni öta muhim voqea sifatida körilgani uçun ekspert komissiyasi tarkibiga ilm-fan namoyondalari, davlat mukofoti sovrindorlari, Özbekistonda xizmat körsatgan sanʼat va madaniyat arboblari kiritilgan. Ularning fikrlari va xizmatlari ölaroq davlat timsoli bölgan madhiya işlab çiqilgan edi.

Bugun madhiyaning 33 yilligini keng nişonlaş arafasida ekanmiz uning qabul qiliş jarayoniga öz hissasini qöşgan mutaxassislar jamoasiga çuqur minnatdorçilik izhor qilişimiz lozim böladi. Sababi, madhiya timsolida dunyo eʼtirof qilgan mustaqil, suveren davlatning ramzi tuşunilgan bölib, bugungi mojaro va uruşlar alangasi sönmayotgan mamlakatlar aholisining qalbida öz madhiyalarining dunyo uzra yangraşi göyo uşalmas orzu sifatida qolmoqda. Şuning uçun, yurtning eng uluğ qöşiğini eʼzozlaş, yod oliş va baralla kuylaş mamlakatda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning muhim burçlaridandir. Mazkur burçni farzandlarimiz tarbiyasiga singdiriş ham ota-onalar uçun şart qilingan vazifadir.  

Xulosa örnida aytib ötiş lozimki, davlat ramzlari, ayniqsa, madhiya ozod va farovon Vatanni bunyod qiliş, erkin va baxtiyor hayotni barpo qiliş singari ğoyalar atrofida butun jamiyatni birlaştira oladigan qudratli qurol bölib, uni hurmat qiliş, eʼtirof etiş hamda eʼzozlaş orqali tinçlik neʼmatining qadriga yetiş mumkin. Neʼmatni qadrlaş esa Allohga mahbub bölgan işlardandir.
 

Jörayev Uluğbek

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Maqolalar

Yana öqing

Barça maqolalar
Ommabop maqolalar

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Ommabop maqolalar

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…