Imom Moturidiyning tasavvufiy qaraşlari va zohidlik hayoti haqida bizga maʼlumot beruvçi manbalar yetarli darajada mavjud. Uşbu maʼlumotlar imomning şogirdlari va ularning şogirdlari kabi unga eng yaqin bölgan manbalar orqali yetib kelgan. Şuningdek, bunday maʼlumotlar keyingi davr manbalarida ham uçrab turadi va ularda sezilarli xilma-xillik közga taşlanadi. Yaqin vaqtgaça Imom Moturidiyning hayoti haqida maʼlumot yetişmasligi tufayli, uning islom ilmlaridagi fikr va qaraşlari borasida asosli söz aytiş qiyin bölib kelgandi. Biroq, bugungi kunda moturidiylik taʼlimoti olimlarining asarlarini örganiş, ularni tahqiq va tarjima qiliş jarayonining ösib borişi hamda bu yönalişga qiziqişning kuçayişi tufayli, bu borada asosli fikr yuritiş imkoniyati paydo böldi.
Imom Moturidiy haqida söz yuritiş qiyin bölgan davrlarda uning tasavvufiy qaraşlari va zohidlik hayotiga doir fikrlar köpinça imomni qanday körmoqçi yoki körsatilmoqçi ekanligi asosida şakllangani anglaşilmoqda. Turkiyadagi tadqiqotlarda yondaşuv köproq Imom Moturidiyning tasavvufdan uzoq bölgani, uning tasavvufiy hayot tarziga ega bölmagani, hatto tasavvufdan uzoq va unga qarşi bölganini taʼkidlaşga qaratilgan edi . Bu tendensiyaning ideologik yoki şaxsiy omillari va sabablari bölgan bölişi mumkin, ammo hozirgi kunda, ayniqsa akademik tadqiqotlarda, “tasavvuf bilan orasi uzoq” bölgan Imom Moturidiy tasviri çizilganini inkor qilib bölmaydi .
Holbuki, bizning fikrimizga köra, Imom Moturidiy öz asrining zohidlari va karomat sohibi bölgan söfiylaridan biri sifatida qabul qilingani şubhasiz aniq haqiqatdir. Bu haqiqat bizga maʼlum bölganidek, hammaga maʼlum bölişi uçun, bu yerda Imom Moturidiyning tasavvufiy şaxsiyatini oçib beradigan rivoyatlarni xronologik tartibda yiğişga va taqdim etişga harakat qilamiz. Şu tariqa, uşbu daʼvo imomning zamondoşlari, şogirdlari va şogirdlarining şogirdlari kabi ilk davr ulamolari naqllari bilan qançalik mosligi oydinlaşadi. Bu orqali mazkur rivoyatlarning bari unga tasavvufiy qiyofa baxş etiş uçun keyinçalik töqilgan, degan daʼvo haqiqatga zid ekani barçaga maʼlum böladi.
Imomning tasavvufiy şaxsiyatini oçib beradigan rivoyatlarning bir qismi u bilan uçraşgan yoki ikkinçi darajada bölsa ham bu yaqinlikni saqlagan şaxslarning bayonotlariga asoslangani uçun, ular katta eʼtirozga uçraydigan rivoyatlar emas. Ammo imom haqidagi baʼzi rivoyatlar manoqibnomalarda keltirilgani, ularning adabiy va töqima hikoyalarni öz içiga olişi ular imomga tasavvufiy şaxsiyatni nisbat beriş niyati bilan yaratilgan, degan ayrim daʼvolarga sabab bölgan . Ammo Imom Moturidiy haqidagi ilk davr qaydlari va keyingi davr tasvirlari örtasidagi muvofiqlik va yaqinlik bu kabi iddaoning asossiz ekanini körsatiş uçun yetarli dalil böladi.
Imom Moturidiy bilan uçraşganlar uni qanday sözlar bilan eslaşgan va qanday tavsiflaşgan? Avvalo şunga töxtalib ötsak. Abul Yusr Pazdaviy “Usulu-d-din” asarining avvalida Moturidiyning şogirdlaridan biri (ayni paytda özining bobosi) bölgan Abdulkarim ibn Muso Pazdaviy öz oilasiga imomning karomatlari haqida sözlab berganini aytadi . Uşbu karomatlarning aniq tavsifi keltirilmagan bölsa-da, baʼzi karomatlarga şaxsan imomning şogirdlari guvoh bölişgan va Pazdaviy tomonidan umumiy tarzda bildirilgan fikr aynan şu guvohliklarga tayanadi. Bu qaydlar imomning şogirdlari uni karomat sohibi sifatida qabul qilganlarining yaqqol dalilidir. Uning karomat sohibi ekanini körsatuvçi bu izoh Imom Moturidiyni maqtaş maqsadida töqilgan yoki qöşimça qilingan, deb aytiş mumkin emas. Çunki, agar Pazdaviyning maqsadi imomni maqtaş bölganida, u öz asarida Moturidiyning “Kitobu-t-Tavhid” asaridagi uslubni tanqid qilmagan bölar, aksinça, bu haqda gapirganida maqtov yoki sukutni afzal körgan bölar edi. Holbuki, u “Kitobu-t-Tavhid”ni oçiqçasiga tanqid qilgan va undagi uslubning oğirligini öz asarining yoziliş sababi sifatida körsatgan.
Imom Moturidiyning boşqa bir şogirdi Abul Hasan Rustufağniy ham xuddi Abdulkarim ibn Muso Pazdaviy kabi öz ustozini karomat sohibi bölgan muborak zot sifatida eslab, uning baʼzi karomatlarini zikr qiladi. Rustufağniy imomni duosi ijobat böladigan insonlardan biri sifatida tavsiflaydi. Buning bir misoli sifatida Imom Moturidiyning şogirdlaridan birining uyini egallab olgan kişi bilan boğliq voqeani keltiradi: vaziyatni hal qilişga qaratilgan barça harakatlar samara bermagaç, Imom Moturidiy öşa kişini badduo qilgan, natijada u odam kasal bölib qolgan va holatni tuşunib yetgaç, uyni böşatib qöygan . Şuningdek, Rustufağniy bir solih kişi tuşida Abu Nasr Iyoziyni oldida bir gul va şakarqamiş turgan holda körganini naql qiladi. Iyoziy gulni Abul Qosim Samarqandiyga, qamişni esa Abu Mansur Moturidiyga beradi, bu bilan Hakim Samarqandiyga hikmat, Abu Mansur Moturidiyga esa haqiqat ilmlari berilgani ifodalanadi . Rustufağniy özining ham bir neça bor tuşida Imom Moturidiyni körib, unga baʼzi masalalarda savollar berganini aytadi . Rustufağniy Imom Moturidiyning şogirdi bölsa-da, ustozining obrösini maqsadli ravişda oşiriş uçun uning karomatlarini töqib çiqargan emas. Aksinça, u baʼzi örinlarda ustoziga qarşi fikrlar ham bildirgan. Masalan, Imom Abu Hanifadan kelgan “Har bir mujtahid öz ijtihodiga köra töğri hukm çiqaradi”, degan sözga nisbatan Imom Moturidiy “Har bir mujtahid töğri hukm çiqarişi ham, xato qilişi ham mumkin” degan fikrda bölgan. Ammo Rustufağniy bu masalada ustoziga qöşilmay, Imom Aʼzamning fikrini afzal körgan .
Rustufağniyning şogirdlari orasida bölgan Abul Husayn Başoğariy ham bizga Imom Moturidiy haqida maʼlumotlar taqdim qiladi. U imomni ilm, idrok va taqvoda alohida ajralib turadigan şaxs sifatida taʼriflaydi . Başoğariy bilan bir avloddan bölgan Abu Ali Yahyo ibn Ali Zandavistiy (vaf. 400/1010) tomonidan rivoyat qilingan bir voqea esa imomning zohidligini namoyon etişi jihatidan eʼtiborlidir. Unga köra, Abu Ahmad Iyoziy bir kuni Moturidiyni Samarqandning boy kişilaridan birining uyida mehmon bölişga majbur qiladi. Öşa davrda Samarqandning boy xonadonlarida mehmonlarning soqoliga atir surtiş odati bor bölib, bu iş ularga nisbatan ehtiromni körsatiş uçun qilingan. Imom Moturidiy majbur bölgan holda uşbu mehmondorçilikda qatnaşganida, uning soqoliga ham atir surtmoqçi böladilar, ammo imom qattiq qarşilik qilib, bunga rozi bölmaydi. Şunda ular atirdan ozginasini uning ulovining dum qismiga surtib qöyişadi. Imom bu holatni sezib qolib, qattiq ğazablanadi va atirning hidi töliq ketmagunça uloviga minmaydi . Aynan şu hodisa Ahmad ibn Muso Kaşşiyning (v. 550/1155) “Majmu’ al-havodis van-navozil” asarida ham baʼzi farqlar bilan keltiriladi .
Imom Moturidiyning şogirdlaridan taşqari, eʼtiborga molik bölgan yana bir guruh uning döstlaridir. Ulardan biri Mansur Hallojning xalifasi Abul Qosim Foris ibn Iso Bağdodiy Dinavariydir (vaf. 342/953). Rivoyatlarga köra, Imom Moturidiy va Foris ibn Iso vafotlariga qadar örtalaridagi mustahkam döstlikni saqlab qolganlar . Malom(at)iya tariqati içida zikr qilinuvçi va Halloj Mansur kabi tasavvuf tarixidagi eng bahsli va taniqli şaxsning xalifasi, ayni paytda Kaloboziyning (vaf. 380/990) ustozi bölgan bir olim bilan Imom Moturidiyning yaqin döstligi uning hayotidagi tasavvufiy sohaning oçiq dalillaridir. Umuman, imomning yaqin atrofida Foris ibn Iso va Hakim Samarqandiy kabi söfiylar bölgani eʼtiroz qilib bölmaydigan faktlardir.
Abul Yusr Pazdaviyning “Usulu-d-din” asarida imomning karomat sohibi bölganiga işora qilingani haqida aytgan edik. Şuningdek, Pazdaviy “Maʼrifat al-hujaj aş-şarʼiyya” deb nomlangan boşqa bir asarida ham imomnining nomini zikr qilar ekan, uni “zohid” deb ataydi . Pazdaviy Imom Moturidiy haqidagi eng işonçli manbalardan biri hisoblanadi. Buning sababi faqat uning katta bobosi imomning şogirdlari orasida bölganligi emas. Aksinça, uning özi ham Dorul-Juzjoniya ilmiy anʼanasining davomçisi bölib, u yerda dars bergan va hadis rivoyat qilgan . Şu tariqa, madrasa tarixi va ulamolari haqidagi eng yaqin maʼlumotlarni turli manbalardan örgangan. Abul Muin Nasafiy ham Pazdaviy kabi imomning zohid va karomat sohibi olim bölganini taʼkidlagan ilk davr ulamolaridan biridir . Imomning karomatlariga qaratilgan bu urğular uni tasavvufiy şaxsiyat sifatida taqdim etiş niyatidan kelib çiqqan, degan zamonaviy daʼvo bizningça butunlay notöğri. Buning xatoligini tuşuniş uçun eʼtibor qaratiş lozim bölgan eng muhim jihat şundaki, biz zikr qilgan ilk davr olimlaridan deyarli heç biri mutasavvif sifatida tanilmagan, tasavvuf tabaqalarida tilga olinmagan olimlardir. Özlari mutasavvif bölmagan bu olimlar imomni söfiy sifatida taqdim qiliş istagida bölgan, deb öylaş asossiz va mantiqsizdir.
Abu Bakr Hosiriyning “al-Hoviy” nomli asarida zikr etilgan holat imomning zohidligiga doir jonli bir namunadir. Hosiriy Abu Bakr ibn Ismoil Samarqandiy, Abul Hasan Farro, Abu Mansur Moturidiy va Abu Nasr ibn Ibrohim kabi olimlar solih faqihlardan bölgani, ular juma namoziga uylaridan çiqqanlarida zarurat bölmasa, masjidga piyoda borişgani, heç qanaqa maxsus kiyimlar kiymay, oddiy odamlar kabi xalq orasida yurişni afzal körişganini aytadi .
Najmiddin Umar Nasafiy “al-Qand” asarida Imom Moturidiy Xizr alayhissalomni körgani haqidagi hikoyani keltiradi. Bu hikoyaga köra, Imom Abu Mansur Xizr alayhissalomni körib, undan duo söragan, Xizr alayhissalomning duosi ortidan imom hikmat ilmiga voqif bölgan va bidʼatçi mazhab tarafdorlarini mağlub qilgan. Sönmaz Qutlu buni Bartolddan iqtibos keltirib, rivoyat “turklar orasidagi Xizr bilan boğliq kultlardan kelib çiqqan bölişi mumkin"ligini aytadi . Lekin biz Xizr alayhissalomga bölgan işonç faqat turklarda emas, balki barça musulmonlarda mavjud ekani va uni "kult" deb ataş notöğri ekanligini qayd etamiz . Biroq, Imom Moturidiyning Xizr (a.s.) bilan körişganiga doir yagona naql bu emas, bir-biriga guvohlik beruvçi va şu tariqa manbaning işonçliligini orttiruvçi boşqa xabarlar ham bor. Imom Moturidiyning Xizr (a.s.) bilan jami uç marta körişgani aytiladi .
Xizr alayhissalomdan duo söraş va uning duosi orqali hikmat ilmiga voqif böliş haqidagi qisqaça rivoyatni imom haqidagi boşqa bir rivoyat yana ham töldiradi. Bu rivoyatga köra, Xizr alayhissalom imomga özi ham öqiydigan hojat namozini örgatgan va imom ham bu namozni öqigan . Demak, Xizr alayhissalomdan olingan yordam aynan uşbu hojat namozini örganiş va imomning bu namozni hojati ravo bölişi niyatida öqişi orqali sodir bölgan. Nasafiy imomni "qudvat al-fariqayn" deb ham atagan, bu esa uning zohiriy va botiniy ilmlar sohibi bölgan olim sifatida tan olinganini körsatuvçi yana bir dalildir .
Keyingi davrda yaşagan moturidiy mutakallimlaridan biri Saʼdiddin Taftazoniy Imom Navaviyning (vaf. 676/1277) “al-Arbain” asariga yozgan şarhida Imom Abu Mansurning bir karomatini zikr qiladi. Unga köra, öşa davrdagi amir Samarqand ahlidan yangi va yuqori miqdorda soliq töplaş haqida qaror çiqarib, bu qarorni yetkaziş uçun şaharga öz elçisini yuboradi. Elçi şahar peşvolarini yiğib, amirning soliq töğrisidagi talabini öqib eşittiradi. Soliq oşişini eşitgan Imom Moturidiy bu qarorni zulm deb hisoblaydi. Elçiga: “Amirning irodasini bizga yetkazding, endi bizning irodamizni unga yetkaz”, deb şuni qöşimça qiladi: “U bizga nisbatan zulmini kuçaytirdi, biz ham tundagi badduolarimizni köpaytirmiz.” Şundan söng aholi tarqaladi va oradan bir neça kun ötib, amirning öldirilgani maʼlum böladi . Diqqat qilinadigan bölsa, bu rivoyat Rustufağniyning ustozi haqidagi “duosi maqbul zot” degan taʼrifiga töliq mos tuşadi.
Baʼzi manbalarda Imom Moturidiyning kalomiy masalalarni tasavvuf nuqtayi nazaridan izohlagani haqida maʼlumotlar uçraydi. Uşbu maʼlumotlardan biri Ato ibn Ali Juzjoniyning (vaf. 687/1288 yildan avval) “al-Fiqh al-akbar” asariga yozgan şarhida keltirilgan. Unda “Alloh osmonlar va yerning nuridir. Nurining misoli xuddi bir tokça, uning içiga çiroq qöyilgan, çiroq esa şişa içida, şişa esa göyo durdan bölgan bir yulduz bölib, şarqiy ham, ğarbiy ham bölmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi öziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir. (Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni Öz nuriga hidoyat qilur. Alloh odamlarga misollarni keltirur. Alloh har bir narsani biluvçidir” maʼnosidagi oyatga taalluqli holda keltirilgan naqlga köra, Imom Moturidiy iymon va islom sözlarini quyidagiça izohlagan: “Maʼrifatulloh (Allohni taniş) tört darajadan iborat: Birinçi daraja &mdaş; Haq taoloni heç qanday kayfiyatsiz va öxşatişsiz bilişdir. Bu maʼrifat “islom” deyiladi va uning makoni sadrdir. Ikkinçi daraja &mdaş; uluhiyat bilan tanişdir, bunga “iymon” deyiladi va uning makoni qalb bölib, u sadrning içidir. Uçinçi daraja &mdaş; Haq taoloni sifatlari orqali taniş va uning örni fuoddir. Törtinçi daraja &mdaş; tavhid, yaʼni vahdoniyat bilan bilişdir. Uning örni fuodning siri, içkarisidir. Sirning ham içkari qismi xafiy deyiladi. Hidoyat nuri öşa yerdan çiqadi. Unga heç bir bandaning heç qanday aralaşuvi yöq…”
Jamoliddin Könyaviy mazkur naqlni keltirganidan söng, Imom Moturidiyning iymon nuri qanday qilib barça aʼzolarga tarqalişi haqida yana tasavvufiy maʼnodagi boşqa izohlarini ham keltiradi . Şunday tasavvufiy izohlarni ayni şaklda Abu Nasr Tojiddin Abdulvahhob ibn Ali Subkiyning (vaf. 771/1370) “as-Sayf al-maşhur” asarida ham uçratiş mumkin .
Jamol Qarşiyning (vaf. 702/1303 yildan keyin) “Mulhaqot as-suroh” asarida keltirilgan yana bir rivoyat ham yuqoridagi naqllarga muvofiq keladi. Uşbu rivoyatga köra, Bağdoddan xalifa Muttaqiyning buyruği bilan fatvo söraş uçun Samarqandga bir elçi keladi. Elçi eski kiyimda turgan imomni körib, uning imom ekaniga ehtimol bermagan holda “Mavlono qayerda?”, deb söraydi. Imom unga “Mavlomiz Allohdir”, deb javob qaytaradi. Keyin elçi “Xoja qayerda?”, deb söraydi, imom esa “Xoja Mustafodir”, deb javob beradi. Elçi oxirida “Abu Mansur hazratlari qayerda?”, deb söraganida, imom “Abu Mansur mana şu faqirdir”, deb javob qaytaradi . Uşbu rivoyat imomning boşqalardan farqli kiyimda yurmagani haqidagi Hosiriyning naqllari bilan ham, uning zohidona hayoti haqidagi boşqa tasvirlar bilan ham töliq muvofiqdir.
Melikşah Sezenning “İmam Maturidi: Hayatı, Eserleri ve İlmi Şahsiyeti” kitobidan tarjima
[1] Баъзи мисоллар учун қар. Sönmez Kutlu, "Bilinen ve Bilinmeyen Yönleriyle İmam Mâturîdî", s. 32-34; "İmam Mâtürîdî'nin Sûfîleştirilmesi veya Mutasavvıf Olarak Sunulması Mümkün mü?", İmam Mâtürîdî ve Mâtürîdiyye Geleneği, (ed.) Hülya Alper, İstanbul: İfav, 2018, s. 421-435; Mehmet Kalaycı, Tarihi Süreçte Eşarilik- Maturidilik İlişkisi, s. 222; Yunus Eraslan, Mâtürîdîlik ve Tasavvuf, Ankara: Türkiye Diyanet Vakfı, 2021, s. 87.
[2] Тасаввуф тушунчаси атрофида шаклланган ушбу масалани тўлиқ тушуниш учун "тасаввуфни англаш муаммоси" ҳамда тасаввуфнинг институционаллашмаган даври бўлган "зуҳд даври" ҳақида кенг маълумотга эга бўлиш, шунингдек, ҳанафийлик анъанасини ушбу маълумотлар асосида баҳолаш керак.
[3] Маноқибнома асарларида учрайдиган барча ривоятлар тўлиқ тарихий ҳақиқатдан узоқ, деб баҳоланиши мумкин эмас. Аксинча, бу ривоятларнинг кўпи тарихий воқеликлар билан жиддий даражада мос келади. Бироқ, бундай асарлардаги тил ва услуб баъзан муболағали тус олади, буни ҳам эътиборга олиш керак. Шу сабабли, маноқибнома туркумидаги асарлардан фойдаланишда улардаги тарихий ҳақиқатларга мос келувчи ривоятларни аниқлаш учун синчковлик билан ёндашиш керак. Акс ҳолда, бу каби асарлардаги барча маълумотларни муболаға ёки тўқима деб баҳолаб, уларни рад этиш илмий ва ҳаққоний ёндашув бўлмайди. Қар. Zeki Velidi Togan, Tarihte Usûl, İstanbul: Enderun Kitabevi, 1985, s. 48-49; Ahmet Yaşar Ocak, Kültür Tarihi Kaynağı Olarak Evliya Menâkıbnâmeleri -XV-XII. Yüzyıllar-, İstanbul: Timaş, 5. Baskı, 2016, s. 61-62.
[4] Абул Юср Паздавий. Усул ад-дин. Б. 2-3.
[5] Абул Ҳасан Рустуфағний. Мухтасар Фавоид ар-Рустуфағний. Б. 54.
[6] Насафий. ал-Қанд. Б. 293; Кафавий. Катоиб. II/38
[7] Şükrü Özen, Ebu Mansur el-Maturidiʼnin Fıkıh Usulünün Yeniden İnşası, s. 26.
[8] Мüstakimzade Süleyman Sadeddin, Menakıb-ı İmam-ı Aʼzam, s. 135 (27. Dipnot)
[9] Ибн Яҳё Башоғарий. Шарҳ Жумал усул ад-дин ли Аби Салама ас-Самарқандий. Сулаймония кутубхонаси, Шаҳид Али Пошо, №1648/2, вар. 162а
[10] Абу Али Яҳё ибн Али Зандавистий. Равзат ал-уламо ва нузҳат ал-фузало. Сулаймония кутубхонаси, Фотиҳ, №2635, вар. 10b
[11] Аҳмад ибн Мусо Кашший. Мажмуъ ал-ҳаводис ван-навозил. Сулаймония кутубхонаси, Йени Жами, №547, вар. 316b
[12] Abdurrahman Cami, Nefahatü’l-Üns, -Evliya Menkıbeleri-, (çev.) Lamii Çelebi, (haz.) Süleyman Uludağ & Mustafa Kara, İstanbul: Marifet, 1998, s. 298.
[13] Абул Юср Паздавий. Маърифат ал-ҳужаж аш-шаръиййа. (таҳқиқ) Абдулодир ибн Ёсин ал-Хатиб. &ndaş; Байрут: Муассаса ар-Рисола, 2000. Б. 65.
[14] Заҳабий. Тарих ал-ислом. XXXIV/164.
[15] Абул Муин Насафий. Табсират ал-адилла. I/360, 473.
[16] Ҳосирий. Ал-Ҳовий фил-фатово. Сулаймония кутубхонаси, Ҳакимўғли, №402, вар. 277b.
[17] Sönmez Kutlu, "Bilinen ve Bilinmeyen Yönleriyle İmam Mâturîdî", s. 32-33; Ahmet Yıldırım, "İmam Mâtürîdî Zaviyesinden Tasavvufa Bakış", Mâtürîdî Düşünce ve Mâtürîdîlik Literatürü, (ed. M. Raşit Akpınar, Recep Tuzcu, Aslı Menekşe, İstanbul, 2018, s. 167.
[18] Қуръони Каримда "Хизр қиссаси" сифатида маълум бўлган оятлар учун Қаҳф сураси 60&ndaş;82 оятларига қаранг. Хизр алайҳиссаломнинг жисмоний ҳаёти тугагани ва у эндиликда жисмонан ҳаётда эмаслиги муҳаддисларнинг кўпчилиги томонидан айтилган. Хизр (а.с.) қиёматгача яшашини хабар берувчи кўплаб ривоятларнинг сохта экани таъкидланган. Бироқ, Хизр (а.с.) билан учрашилгани ҳақидаги ҳар бир ривоят сохта эмас. Чунки бу учрашувлар маънавий оламда, тушда ёки кўриниш бериш шаклида рўй бериши мумкин ва бу ҳолат жоиздир. Шунингдек, Ибн Ҳажар ва Айний каби муҳаддислар Хизр (а.с.) нинг вафот этганига далолат қилувчи ривоятларни таъвил қилиш мумкинлигини айтишган. Шу боис Хизр (а.с.) ҳақидаги ҳар қандай ривоятни инкор этавериш тўғри эмас.
[19] Ulriç Rudolph, Mâturîdî, s. 223.
[20] Ahmed b. Mahmûd el-Hazînî, Cevâhiruʼl-Ebrâr min Emvâciʼl-Bihâr, İstanbul Üniversitesi Ktp., TY, nr. 3893, vr. 102a.
[21] Насафий. ал-Қанд. Б. 143.
[22] Тафтазоний. Шарҳ ат-Тафтазоний ала-л-аҳодис ал-арбаъин ан-Нававий. &ndaş; Байрут: Дор ал-кутуб ал-илмиййа, 2013. Б. 156.
[23] Нур сураси, 35-оят.
[24] Ато ибн Али Жузжоний. Шарҳ ал-Фиқҳ ал-акбар, Б. 82-86. Ушбу нақл кейинги даврларда ёзилган қуйидаги манбаларда ҳам айни шаклда учрайди: Муҳаммад ибн Абу Бакр Розий. Ал-Ҳидоя мин ал-эътиқод. Байрут, 2001. Б. 315; Жамолиддин Кўнявий. Ал-Қалоид фи шарҳ ал-ақоид. Кўня вилоят қўлёзмалар кутубхонаси, №220, вар. 68b; Мустақимзода. Тафсир сура ал-Фотиҳа. Б. 70.
[25] Жамолиддин Кўнявий. Ал-Қалоид фи шарҳ ал-ақоид. Кўня вилоят қўлёзмалар кутубхонаси, №220, вар. 70а.
[26] Тожиддин Субкий. ас-Сайф ал-машҳур фи шарҳ ақида Аби Мансур. Истанбул, 2000. Б. 37.
[27] Necdet Tosun, “Maturidiyye ve Tasavvuf İlişkisi”, Tasavvuf İlmi ve Akademik Araştırma Dergisi, 2016. XVII/38, 49-50.
Maqolalar
Yana öqing
Muborak bayram – meros qadriyat
Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…
Maʼnaviy qudrat manbayi
XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…
Ramazon hayiti va Navröz bayrami – milliy va maʼnaviy qadriyatlar timsoli
Özbekiston Respublikasi Prezidentining ezgu taşabbusi bilan “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va şukronalik oyi” şiori ostida keksalar, yolğiz fuqarolar holidan xabar olindi,…
