Har yili 16 noyabr kuni dunyo böylab "Xalqaro bağrikenglik kuni" sifatida keng nişonlanadi. Bu sana 1995 yilda YUNESKO tomonidan qabul qilingan "Bağrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"ga asoslanadi. Bir yil ötib, BMT Boş Assambleyasi 16 noyabrni rasman xalqaro kun sifatida belgilagan. Maqsad &ndaş; millatlar, dinlar va madaniyatlar örtasida özaro hurmat va tuşuniş muhitini mustahkamlaş, jahondagi ziddiyat va murosasizlik holatlariga qarşi maʼnaviy javob beriş edi. Bağrikenglik &ndaş; bu faqat boşqalarni toqat bilan qabul qiliş emas, balki ularning borligini qabul qiliş, farqlarini, öziga xos jihatlarini qadrlaş, har bir insonning haq-huquqini hurmat qiliş demakdir.
Islom sivilizatsiyasi va Şarq madaniyati azaldan bağrikenglik tamoyiliga amal qilib, uni hayotga tatbiq etib kelgan. Qurʼoni karim oyatlari va hadislarda taʼkidlangan mehr-şafqat va insonparvarlik ruhi bugungi bağrikenglik tamoyillarining ildizi naqadar çuqur ekanini körsatadi. Şu maʼnoda, xalqaro miqyosda belgilangan uşbu sana &ndaş; qadimiy maʼnaviy anʼanalarning zamonaviy ifodasi, insonlarni tinçlik, döstlik va hurmat muhitida yaşaşga çorlovidir.
Bağrikenglik islomning umumbaşariy qadriyati bölib, barça insonlar uçun ahamiyatlidir. Muhammad alayhissalomning hayot yöllari islomning bağrikenglik va boşqa din vakillariga hurmat borasidagi taʼlimotlarini amaldagi yorqin namunasi hisoblanadi. U zot turli din vakillari bilan tinç-totuv yaşagan, ularning huquqlariga hurmat bilan qaragan va kezi kelganda ular bilan hamkorlikda iş yuritganlar.
Musulmon jamiyatlarida bağrikenglik va özgalarga hurmat ijtimoiy hamjihatlik va osoyiştalikni taʼminlovçi muhim omildir. Turli eʼtiqod, madaniyat va turmuş tarzlariga hurmat bilan qaraş jamiyatda tinçlik va hamkorlik muhitini yaratadi, farovonlikni kafolatlaydi. Islomning bağrikenglikka çorlovi odamlarni bir-birini tuşunişga va mehr-şafqat bilan munosabatda bölişga undaydi.
Bugun Özbekistonda diniy bağrikenglikni taʼminlaş yölida ulkan işlar amalga oşirilmoqda. "Xalqaro bağrikenglik kuni" alohida kayfiyat, özgaça şukuh bilan nişonlanmoqda. Har yili noyabr oyida "Bağrikenglik haftaligi" doirasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, konferensiyalar, davra suhbatlari taşkil etib kelinadi. Turli millat va din vakillari iştirokida va hamkorligida ötkaziladigan uşbu tadbirlar mamlakatimizdagi tinçlik va özaro hamjihatlik siyosatining amaliy körinişi hisoblanadi. Prezidentimiz taşabbuslari bilan dinlararo muloqot va millatlararo totuvlikni mustahkamlaş, barça fuqarolarning huquqiy tengligi va erkinligini taʼminlaş allaqaçon davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylanib ulgurdi.
Xalqaro bağrikenglik kuni bu faqat bayram emas, balki har bir insonning yana bir bor öz maʼnaviy masʼuliyatini anglaşi hamdir. Bağrikeng böliş fikrda, eʼtiqodda va turmuş tarzida özidan farqli bölgan insonlarni tuşuniş, ularni hurmat qiliş demakdir. Bunday ruh hukmron bölgan jamiyatda esa nafratga emas, muhabbatga, ziddiyatga emas, hamjihatlikka yöl oçiladi. Şu bois, har birimiz bu kunni nafaqat nişonlaş, balki uning maʼnosi hayotimizda amaliy ifoda etişiga harakat qilişimiz lozim.
Oybek Sotvoldiyev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
bölim boşliği
