Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligidagi onlayn seminar ötkazildi
2025-yil 29-iyul kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligida "Yangi renessans sari" mavzusidagi ilmiy seminarning navbatdagisi bölib ötdi.
Onlayn seminarda "Movarounnahr mutasavviflari asarlarida moturidiylik eʼtiqodi" hamda "Imom Moturidiy taʼlimotida zuhd va tasavvuf" mavzusidagi maʼruzalar tinglandi.
Seminar nafaqat ikki taniqli ilmiy muassasa örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga, balki islom ilmlari, xususan, moturidiylik taʼlimoti va tasavvufni örganiş böyiça xalqaro miqyosdagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirişga ham xizmat qiladi.
Iştirokçilar maʼruzaçilarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Markaz va universitet örtasidagi bunday ilmiy muloqotlar kelajakda ham davom etib, islom sivilizatsiyasining boy merosini örganiş va keng jamoatçilikka yetkazişda muhim örin tutişi maqsad qilingan.
