Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
This page is currently available in Uzbek only.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802 qarori bilan Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etildi.
Markazda islom olamida keng tarqalgan ikki yirik aqidaviy taʼlimot: moturidiy va aşʼariyadan biri, Imom Moturidiy tomonidan asos solingan moturidiylik taʼlimoti, uning ahamiyati, bugungi kundagi örni, bebaho asarlari va qölyozmalari örganiladi.
Markazga Özbekiston va dunyoning moturidiyşunos olimlari, mutaxassislari jalb etilib, öz faoliyati doirasida quyidagi vazifalarni amalga oşiradi:
– aqida va kalom ilmi rivojiga hissa qöşgan Imom Moturidiy va uning izdoşlari bölgan allomalarning xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan ulkan ilmiy, diniy-maʼnaviy merosini çuqur örganiş, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini naşr etiş, xalq va jahon jamoatçiligi örtasida keng tarğib qiliş, uşbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş;
– islom ilmlari, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etiş sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bağişlangan anjuman, konferensiya, simpozium, körgazma, ilmiy maʼruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boşqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etiş;
– islom tarixi va kalom ilmi yönalişidagi yangi tadqiqotlar natijasi yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlaş va OAV, xususan, Internet tarmoğida eʼlon qiliş.