News

Moturidiylik – mötadillik mezoni

BUYUK AJDODLARIMIZ Sönggi yillarda diniy sohadagi islohotlar natijasida yurtimizdan yetişib çiqqan hamda dunyo ilm-fani, maʼrifati rivojiga bebaho hissa qöşgan köplab ulamolarning ilmiy…

This page is currently available in Uzbek only.

BUYUK AJDODLARIMIZ 

Sönggi yillarda diniy sohadagi islohotlar natijasida yurtimizdan yetişib çiqqan hamda dunyo ilm-fani, maʼrifati rivojiga bebaho hissa qöşgan köplab ulamolarning ilmiy merosini keng tadqiq qiliş imkoniyati paydo böldi. 

Joriy yil 14-martda Prezidentimizning “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori qabul qilinişi ham maʼnaviy hayotimizning muhim voqealaridan biri böldi. Mazkur hujjat buyuk allomaning ibratli hayot yöli va boy ilmiy-maʼnaviy merosini har tomonlama çuqur örganiş va keng tarğib etişda katta ahamiyatga ega. Zero, qaror moturidiylik taʼlimotiga xos bağrikenglik va mötadillik tamoyillarini  xalqimiz va jahon jamoatçiligi örtasida keng tarğib etişga xizmat qiladi.

Şuningdek, hujjatda islom dinining yoş avlodni millatlararo va dinlararo bağrikenglik, özaro hurmat, tinç-totuvlik kabi asl qadriyatlari ruhida tarbiyalaş, aholi orasida mötadil islom ğoyalarini tarğib qilişga qaratilgan ilmiy izlanişlarni qöllab-quvvatlaş yöllari ham belgilab berilgan. 

29-aprel kuni Samarqand şahrida Abu Mansur Moturidiyning 1155 yilligiga bağişlangan xalqaro konferensiya iş boşladi. “Moturidiylik &mdaş; bağrikenglik, mötadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusidagi bu nufuzli konferensiyaga yuksak darajada tayyorgarlik körildi. Xalqaro anjumanda yurtimizning yuksak salohiyatga ega ilm sohiblari bilan birga, Misr, Birlaşgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Turkiya, Marokaş, Iordaniya, Italiya, Yaponiya, Malayziya, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi önlab davlatlardan 70 dan ziyod közga köringan olim iştirok etmoqda.

Xalqaro anjuman “Imom Moturidiy va uning izdoşlari ilmiy merosining islom ilmlari rivojidagi örni”, “Moturidiylik taʼlimotida umuminsoniy qadriyatlar talqini”, “XXI asrda moturidiylik taʼlimotining ahamiyati” şöbalari kesimida faoliyat körsatadi. Bu şöbalar doirasida iştirokçilar &mdaş; muftiylar, ilm-fan arboblari va ilmiy tadqiqotçilar öz maʼruzalari bilan qatnaşmoqda. 

Moturidiylik mazhabi Imom Abu Mansur Moturidiyning aqidaviy mavzulardagi qaraşlari atrofida şakllangan va islom tarixida ahli sunna val jamoa deb tanilgan asosiy oqimlarning biri hisoblanadi. 

Bu mazhabning asoslarini qöygan va boş ğoyalarini şakllantirgan şaxs Imomi Aʼzam Abu Hanifa hisoblanadi. Uning qaraşlari Abu Yusuf, Muhammad ibn Hasan Şayboniy, Abu Muti’ Balxiy, Hammad ibn Ismoil kabi şogirdlari orqali keng tarqalgan. Abu Yusuf Bağdodda qozi etib tayinlangandan söng Xuroson va Movarounnahr hududlariga yuborilgan qozilar Abu Hanifa taʼlimotlarini keng tarqatgan. Ular madrasalar oçib, hanafiy mutakallim va faqihlarni tarbiyalaşga hissa qöşgan. 

Imom Abu Mansur Moturidiy Samarqand yaqinidagi Moturid mahallasida tuğilgan. U 944-yilda vafot etgan va Samarqandning Çokardiza qabristoniga dafn qilingan. 

Imom Moturidiy köplab asarlar yozgan, ammo ularning ikkitasi &mdaş; “Taʼvilot al-Qurʼon” (yoki “Taʼviloti ahli sunna”) tafsiri va “Kitob attavhid” kitoblari bizgaça yetib kelgan. 

Moturidiy qaraşlari öz davrida kerakli darajada qadrlanmagan bölsa-da, uning şogirdlari va izdoşlari orqali maşhur bölgan. Şogirdlaridan biri Hakim Samarqandiy (953 yilda vafot etgan) bölib, adolatli va hikmatli hukmlari uçun “hakim” unvonini olgan. Hakim Samarqandiyning “As-savodul Aʼzam” asari öz davrida rasmiy aqida kitobi sifatida qabul qilingan va madrasalarda öqitilgan. 

Allomaning şogirdlaridan yana biri Abul Hasan Ali ibn Said Rustufağniy (956 yilda vafot etgan) bölib, Samarqand yaqinidagi Rustufağn qişloğida tuğilgan. U Imom Moturidiy qaraşlarini qabul qilib, ularni tarqatgan olimlardan hisoblanadi. 

Yana bir olim Abu Lays Samarqandiy (baʼzi manbalarga köra, 984-yilda vafot etgan) ham Imom Moturidiy va Abu Hanifa taʼlimoti keng yoyilişini taʼminlaşda muhim rol öynagan. Uning “Bayon aqidat al-usul” asari ahli sunna aqidasini qisqa va tuşunarli şaklda izohlab, “Fiqhul akbar” asariga şarh yoziş orqali hanafiy-moturidiy qaraşlarini keng tarqatgan. 

Şu yönalişda faoliyat körsatgan olimlardan yana biri Abul Yusr Pazdaviydir. 1100-yilda vafot etgan olim ham öz asarlarida ahli sunna val jamoa tamoyillarini yoritgan.

Abu Muin Nasafiy (1115 yilda vafot etgan) ham moturidiylik mazhabi rivojiga katta hissa qöşgan şaxslardan biridir. U Imom Moturidiy ğoyalarini tizimlaştirgan va uni çuqurlaştirib, moturidiylikni asosli va mustahkam harakatga aylantirgan. Nasafiyning “Tabsiratul adilla”, “at-Tamhid li-qovaidi at-tavhid” va “Bahrul kalom” asarlari bu sohada muhim öringa ega. 

Nasafiyning şogirdlaridan biri Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy (1142 yilda vafot etgan) bölib, u “Aqoid risolasi” asarida moturidiylik mazhabining aqidaviy asoslarini qisqa, ravşan va tizimli tarzda bayon qilgan. Nasafiyning boşqa bir şogirdi Alouddin Samarqandiy (1144 yilda vafot etgan) esa Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” tafsiriga şarh yozgan. 

Bu olimlarning barçasi moturidiylik mazhabi rivojiga beqiyos hissa qöşgan va uning izçil tarqalişini taʼminlaşda katta rol öynagan. 

Moturidiylik mazhabi islom geografik hududining katta qismida, xususan, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Afğoniston, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Turkiyada keng tarqalgan.

Imom Moturidiy aql va naql örtasida muvozanatni saqlaşni taʼkidlagan maşhur olimlardan. U “Kitob at-tavhid” asarida taqlidga qarşi çiqiş va diniy dalillarga asoslanişning zarurligini yozgan. Imom Moturidiy aql va naqlni dinni bilişning asosiy ikki yöli deb eʼtirof etgan. Uning fikriça, Yaratuvçining mavjudligini biliş va diniy manbalarni anglaş uçun aql zarur, ammo aql tanqidsiz vahiydan ustun bölişi mumkin emas. 

Buyuk ajdodimiz Alloh &mdaş; tabiat va Alloh &mdaş; inson munosabatlarini boşqaça talqin qilib, insonga öz amallarida faolroq örin ajratgan. Uning fikriça, Alloh hikmat sohibi bölib, har bir işida maʼno va hikmat bor. Alloh erkin irodaga ega va u özining xohlagan narsalarini amalga oşiradi. 

Imom Moturidiyning kalom tizimida aql, maʼrifat va hikmat asosiy tuşunçalardir. Aql &mdaş; bilimni rivojlantiriş vositasi, hikmat esa örganiş maqsadidir. Inson hikmatni izlaganida uning bilimi oşadi, bilimi oşgan sari yangi hikmatlarni kaşf etadi.

U öz davrida aqlini işlatmay, faqat naqlga tayanganlar bilan hamda aqlini vahiydan ustun qöyganlar bilan kuraşgan. Uşbu masalada katta yutuqlarga erişgan va uning fikrlari hamda baholari islom dunyosining keng qismida eʼtiborga sazovor bölgan. Uning ilmiy yetukligi va muammolarni aql bilan hal qiliş borasidagi xizmatlari islom ilm-fanida katta ahamiyat kasb etgan. 

Moturidiy merosi haqiqat, ilm va aqlga tayangan dunyoqaraşning yorqin timsolidir. U kabi buyuk siymolarga eʼtibor qaratiş orqaligina özlikni anglaş va yoş avlodni töğri yölga yönaltiriş, radikalizm va ekstremizmga qarşi maʼrifiy kuraşiş, islom olamida mavjud bölgan turli ğoyaviy qarama-qarşiliklarga yeçim topiş imkoniyati paydo böladi. 

Ayniqsa, bugungiday inson ongini egallab boşqarişga urinişlar avj olgan davrda Imom Moturidiy kabi uluğ ajdodlarimiz merosiga ehtiyoj ortib boraveradi. Yangi Özbekistonning xalqparvar, tinçliksevar siyosati sabab bugun ana şunday buyuk şaxslar ijodi va ilmiy merosi xalqaro maydonda keng tarğib etilayotgani quvonarlidir. 

Otabek Muhammadiyev,

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori örinbosari,

tarix fanlari böyiça falsafa doktori

 Manba: “Yangi Özbekiston” gazetasi 2025-yil 30-aprel, 87-son

News

Read also

All news
News

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…