News

Abu Mansur Moturidiy yaşagan davr ilmiy muhiti

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori buyuk vatandoşimiz, aqida ilmining bilimdoni Imom…

This page is currently available in Uzbek only.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori buyuk vatandoşimiz, aqida ilmining bilimdoni Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yöli va boy ilmiy-maʼnaviy merosini çuqur örganiş, moturidiylik taʼlimotiga xos bölgan bağrikenglik va mötadillik tamoyillarini xalqimiz hamda jahon jamoatçiligiga yetkazib berişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Abu Mansur Moturidiy kalom ilmiga oid ulkan ilmiy meros qoldirgan. Mutakallim özi yaşagan davrdayoq zamondoşlari tomonidan “Imomul huda” &ndaş; “Töğri yölga soluvçi imom”, “Qudvatu ahlis sunna” &ndaş; “Ahlus sunnaning andozasi”, “Qoleʼu abobilil fitna val bidʼa” &ndaş; “Fitna va bidʼat tödalarini ağdaruvçi”, “Imomul mutakallimin” &ndaş; “Mutakallimlarning peşvosi”, “Rofeʼu aʼlomiş şariʼa” &ndaş; “Şariat bayroqdori”, “Musahhihu aqoidil muslimin” &ndaş; “Musulmonlarning aqidalarini tuzatuvçi” kabi şarafli nomlarga sazovor bölgan.

Moturidiyning kalom ilmida yuksak martabalarga kötarilişi, olimlar orasida qadr-qimmat topişida u şakllangan ilmiy muhitning örni katta bölgan. Jumladan, IX-X asrlarda Movarounnahr va musulmon dunyosi mamlakatlarida yaşagan ustozlar olimning yuksak malakali bölib şakllanişiga ijobiy taʼsir körsatgan. Jumladan, Abu Nasr Ahmad Iyodiy hamda Abu Bakr Juzjoniyning xizmatlari katta ekani taʼkidlangan.

Olimning ilmiy faoliyatiga taʼsirini ötkazgan va şakllanişiga taʼsir körsatgan ustozlari mavzusi hali ilmiy örganilişi lozim. Çunki örta asr manbalarining kamligi sababli ular haqidagi maʼlumotlarni jamlaş qiyin keçmoqda. Masalan, Nusayr Balxiy bilan Muhammad Roziy olimning ustozlari sifatida zikr etilgan maʼlumotlar mavjud. Lekin Abu Muin Nasafiy ularni samarqandlik olimlar qatoriga qöşmaydi. Moturidiyşunos olim Ulrix Rudolfning taʼkidlaşiça, Moturidiy bilan boğliq biror asarda ularning nomi uçramaydi.

Manbalar Abu Bakr Juzjoniyning Abu Mansur Moturidiyning birinçi ustozlaridan ekanini taʼkidlaydi. Olimning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlarga ega manbalar juda kam saqlanib qolgan.

Abu Bakr Juzjoniy Movarounnahr, xususan, Samarqanddagi hanafiy mazhabi fiqhiy maktabi rivoji hamda taraqqiyotiga muhim hissa qöşgan. Abu Muin Nasafiyning “Tabsiratul adilla” asarida keltirilişiça, Abu Bakr Juzjoniy maşhur olim Abu Sulaymon Juzjoniydan taʼlim oldi, söng Samarqandga kelib, ilm va ğoyalarini yoyiş bilan maşğul böldi. Keyinçalik Samarqandda Abu Muqotil Samarqandiy, Abu Bakr Samarqandiy kabi yirik ilohiyotçi olimlar keng qamrovli faoliyat olib bordi. Jumladan, Abu Muqotil Samarqandiy bu yerda maşhur “Kitobul olim val mutaallim” &ndaş; “Olim va şogird kitobi”ni yaratadi.

Мавжuд manbalarning maʼlumot berişiça, olim usul hamda furu’ borасида öz zamonasining yetuk mutaxassislaridan sanalgan. Klassik manbalarda, jumladan, Abu Muin Nasafiyning “Tabsiratul adilla”, Ibn Abil Vafoning “Javohirul mudiʼa fi tabaqotil hanafiya” &ndaş; “Hanafiy olimlarning tabaqasi haqida nur taratuvçi javohir”, Muhammad Abdulhayning “Favoidul bahiya fi tarojimil hanafiya” &ndaş; “Hanafiy olimlarning biografiyasi haqida yorqin foydalar” asarlarida Abu Bakr Juzjoniyning ikkita asar yozgani körsatib ötilgan. Birinçisi “Kitobut tavba” &ndaş; “Tavba kitobi” Movarounnahr va qöşni hududlarda keng şuhrat topgan. Uşbu asar maşhur olim Abul Lays Samarqandiyning “Tanbehul ğofilin” &ndaş; “Ğofillarni uyğotiş” asariga öxşagan nasihatnoma, pandnoma mavzusidagi asar bölib hisoblangan.

Olmon olimi Ulrix Rudolfning “Moturidiy va Samarqanddagi sunniylik ilohiyoti” nomli kitobida taʼkidlanişiça, Abu Bakr Juzjoniy tom maʼnoda mutakallim bölmasada, lekin Abu Mansur Moturidiy hanafiy mazhabi taʼlimoti hamda mohiyatini aynan undan örgangan. Şu nuqtai nazardan ham u Moturidiy ilmiy muhitining şakllanişiga sezilarli hissa qöşgan deb sanaladi.

Abu Mansur Moturidiy ilmiy muhitining şakllanişida Abu Nasr Iyodiy (vaf. 277/890 y.)ning xizmati ham katta. Movarounnahrning köpgina yirik olimlari Abu Nasr Iyodiy faoliyatini juda yuqori baholaşadi, qomusiy ilmiga alohida urğu berişadi. Abul Mute’ Nasafiy olimni tavsiflab, Abu Nasr Iyodiy ilm sohasida tubsiz bahri ummonga monand edi, deb yozadi. Şuningdek, u yigirma yoşida tengdoşlaridan bilim borasida ançagina ilgarilab ketgan bölib, aqlu zakovatining ötkirligi, sabr-toqati, öta sinçkovligi bilan munozaraga kiruvçi har qanday odamni asosli javobi, Qurʼoni karimdan keltirgan dalillari bilan tang qoldirar edi, degan mazmundagi maʼlumot keltiriladi.

Abu Nasr Iyodiy buyuk alloma sifatida nafaqat özining ustida muntazam işladi, bilimlarini boyitdi, balki ilm tarqatiş, şogirdlar tayyorlaşga ham katta eʼtibor berdi. Abu Mansur Moturidiy bilan bir qatorda Hakim Samarqandiy, Abu Ahmad Nasr Iyodiy, Abu Bakr Muhammad Iyodiy kabi olimlar ham Abu Nasrning şogird, yaqin muxlislaridan bölgan. Abu Nasr Iyodiyning ilohiyot borasidagi faoliyatida bir neça muhim örinlarni taʼkidlab ötiş joiz. Olim öz davrida paydo bölgan turli oqimlarga nisbatan juda ehtiyotkor munosabatda böldi. Abu Nasr Iyodiy Muhammad alayhissalom va u zotning sahobalariga hurmat bilan qaradi va ularni turli böhtonlardan doimo himoya qildi. Hoji Xalifaning yozişiça, uning “Sayful maslul ala man sabba aşobar rasul” &ndaş; “Payğambar sahobalarini haqorat qiluvçilarga qarşi yalanğoçlangan qiliç” asari aynan ana şu maqsadni közlab yozilgan. Şuningdek, Abu Nasr Iyodiy Allohning sifatlariga bağişlangan asar ham yaratdi. Unda turli yönalişlar, jumladan, mötaziliylarning fikrini keskin muhokama qildi. Abu Nasr Iyodiy Movarounnahrdagi mavjud hanafiy mazhabiga xos kalom ilmi böyiça asar yaratgan ilk mualliflardan biri sanaladi. Çunki asar ilmiy risola tarzida bölib, unga qadar keng xalq ommasiga möljallanib yozilgan asarlardan farq qilgan. Va aynan Abu Mansur Moturidiy Abu Nasr Iyodiydan diniy, ilohiy masalalar borasida faqatgina tasavvurlarni beriş bilangina kifoyalanmadi, balki bunday munozaralarda aqlu zakovatga ham suyaniş lozimligini taʼkidlab, insondagi “afʼoli ixtiyoriyga” işora qildi.

Moturidiy taʼlimotining şakllanişi, ilmiy jihatdan boyitilişi, keyingi avlodlar tomonidan eng hayotiy nizom sifatida qabul qilinişida alloma tarbiyalagan olim-şogirdlarining xizmatlari katta. Abu Mansur Moturidiy ilmiy мuҳитиning rivoji va uning boşqa hududlarga tarqalişiga ilmiy asarlari билан ijobiy taʼsir körsatişdi.

Abu Mansur Moturidiyning dastlabki şogirdi mutakallim Abu Nasr Iyodiyning farzandi Abu Ahmad Nasr ibn Ahmad Iyodiydir. Abu Ahmad ilohiyot ilmini dastlab otasi, söng Abu Mansur Moturidiydan örgandi. Kalom böyiça yuqori ilmiy salohiyati bilan olimlar orasida şuhratga sazovor böldi. Abu Hafs Buxoriyning maʼlumotiga köra, Abu Ahmad haqiqatgöyligi sabab hanafiy mazhabiga yod fikr va xulosalarning kiritilişiga yöl qöymadi. Şu tariqa mazhab sofligini saqlaşga çin dildan xizmat qildi. Hakim Samarqandiy ham olimni taʼriflab, Abu Ahmad Xuroson hamda Movarounnahrdagi eng yetuk olimlardan edi, deb yozadi. Abu Ahmad muʼtaziylar bilan keskin bahslar olib bordi va uning bu boradagi fikrlari ustozi Abu Mansur Moturidiy qaraşlari bilan hamohang edi. Abu Ahmadning hayoti, ilmiy merosi haqida Abu Muin Nasafiyning “Tabsiratul adilla” kitobida muhim maʼlumotlar keltiradi.

Örta asrlarga oid manbalarga köra, Abu Ahmad Abu Mansur Moturidiy taʼlimotining keyingi asrlardagi rivojiga ulkan hissa qöşgan. Ustoz-şogirdlik anʼanasining uzviyligi ilohiy taʼlimotning rivojlanişi va keng tarqalişiga katta hissa qöşdi. Ayniqsa, Abu Ahmadning şogirdi Abu Salom Muhammad ibn Muhammad Samarqandiyning mazkur taʼlimot rivojlanişi va tarqalişida katta uluşi bor. Taxminan X asrda yaşab ijod etgan bu olimning “Jumal usulid din” &ndaş; “Din asoslari majmui” nomli asari davrimizga qadar yetib keldi. Mazkur asarning qölyozmasi Istanbuldagi Sulaymoniya qölyozmalar xazinasida saqlanadi. Qölyozmaning matni 1989 yili Istanbulda naşr etilgan. Ulrix Rudolfning yozişiça, asar Moturidiydan söng Samarqandda bitilgan anʼanaviy ilohiy asarlar uslubidan farq qilsada, Abu Mansur Moturidiy ğoyalariga töliq mos keladi. Abu Salom zamondoşi Abul Lays Samarqandiyning uslubi kabi hanafiy mazhabining anʼanaviy uslubini yangi poğonaga olib çiqdi hamda Moturidiy ilgari surgan ğoyalarni rivojlantirdi. Aqidaviy maktabni ustozi uslubida davom ettirişga xizmat qildi. Şu sababli, uning “Jumal usulid din” asari moturidiylik anʼanalari davom ettirilgan, davrimizga qadar yetib kelgan eng dastlabki, ilk ilmiy manbalardan biri hisoblanadi.

Moturidiylik ilmiy muhitining rivojiga Abul Hasan Ali ibn Saʼid Rustuğfoniy (vaf. 350/961 y.) ham katta hissa qöşdi. Olim Moturidiyning şogirdlaridan biri bölib, u Samarqand yaqinidagi maşhur Rustuğfon qişloğida dunyoga keldi. U Moturidiyning eng közga köringan, ilmiy bahslarda mustaqil, erkin fikrlari bilan faol iştirok etadigan şogirdlaridan hisoblandi. Olimning nisbasi manbalarda Rustufğoniy, Rustuğfoniy, Rustufağniy körinişida uçraydi. U öz ustozi Abu Mansur Moturidiy bilan ayniqsa, ijtihod masalasida keskin bahslar olib bordi. Ibn Abul Vafoning “Javohirul mudiʼa fi tabaqotil hanafiya” asarida körsatilişiça, Abul Hasan fiqh böyiça ham bilimdon olimlardan biri edi. Manbalar fiqh, ilohiyot ilmlarini mukammal egallagan Abul Hasan Rustuğfoniyning tört asar yozgani haqida xabar beradi. Birinçisi, olimning fatvolari yiğindisi “Fatava Rustuğfoniy” &ndaş; “Rustuğfoniy fatvolari”. Olimning turli ensiklopedik luğatlarda nomi keltirilgan ikkinçi asari “Kitobul xilof” &ndaş; “Munozaralar kitobi” esa hozirga qadar topilmagan. 

    Kalom ilmiga bağişlangan eng asosiy hamda muhim asari “Kitob irşodul muhtadiy” &ndaş; “Töğri yöldan yuruvçiga qöllanma” deb nomlanadi. Ibn Qutlubuğaning “Tojut tarojim” &ndaş; “Biografiyalar toji”, Muhammad Abdul Hayning “Favoyidul bahiya fi tarojimil hanafiya” asarlarida “Irşodul muhtadiy”ga katta eʼtibor berildi va yuqori baholandi. Abul Hasan örta asr olimlariga ergaşgan holda ularning ijodiga xos qomusiy asar yoziş yölidan borib, ilmlar tasnifigaбағишланgaн “Kitobuz zavoyid val favoyid” &ndaş; “Qöşimçalar va foydalar kitobi” asarini yaratgan. Uşbu silsilaga Abu Zayd Balxiyning “Aqsomul ulum” &ndaş; “Ilmlarning qismlari”, Ibn Faruğning “Javomiul ulum” &ndaş; “Ilmlarning jamlovçilari”, Xorazmiyning “Mafotihul ulum” &ndaş; “Ilmlarning kalitlari” asarlarini kiritiş mumkin. Bunday asarning hanafiy mazhabidagi olim, Moturidiyning şogirdi tomonidan yaratilişi uning har tomonlama yetukligidan dalolat beradi. Bu esa X asrda Moturidiy taʼlimoti va ğoyalarining yoyilişi, şuningdek, hanafiy mazhabining Movarounnahrdagi rivojiga ulkan hissa qöşdi.

Abdul Karim Pazdaviy (vaf. 390/999) ham Abu Mansur Moturidiy ilmiy muhitining şakllanişiga sezilarli taʼsir körsatdi. Moturidiyning şogirdi sifatida Moturidiylik taʼlimoti hamda asarlarining yoyilişida katta ahamiyat kasb etdi. Abdul Karim Pazdaviyning hayoti va asarlari haqida juda kam maʼlumotlar yetib kelgan. Uning nomi “Kitobul olim val mutaallim” asarida uçraydi. Bu asar matnini Pazdaviy Muhammad Nasafiyga yetkazdi. Ibn Abul Vafo hamda Laknaviylarning taʼkidlaşiça, Abdul Karim Pazdaviy Abu Mansur Moturidiyning yaqin şogirdlaridan hisoblanadi. Abdul Karim Pazdaviy özidan keyin ilm maydoniga çiqqan ilohiyotçi olimlar sulolasi &ndaş; Pazdaviylarga tamal toşini qöydi. Abu Mansur Moturidiyning izdoşlari nomini olgan maşhur Abul Yusr Pazdaviy (vaf. 493/1100 y.), Faxrul islom Abul Hasan Pazdaviy (vaf. 482/1089 y.) şular jumlasidan hisoblanadi. Ular moturudiya taʼlimotining davomçilari sifatida aqida ilmi rivojida muhim örin egallaşgan. Abul Yusr “Usulud din” &ndaş; “Din asoslari” nomli asarida bobosi Abdul Karim Pazdaviyning nomini faxr bilan tilga oladi va Abu Mansur Moturidiy haqidagi maʼlumotlar öz oilasida avloddan avlodga ötib kelayotganini taʼkidlaydi. Şubhasiz, Abdul Karim Pazdaviy Movarounnahrdagi kalom sohasida mavjud ustoz va şogirdlik ilmiy muhiti anʼanasining rivojiga katta xizmat qildi.

Abu Mansur Moturidiy hayoti, ilmiy merosi, moturidiylik ilmiy muhitining şakllanişiga xizmat qilgan ustoz hamda şogirdlari haqidagi manbalarni izlab topiş, ularni tarjima kilib ilmiy muomalaga kiritiş bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarorida ham ayni şu masalaga alohida eʼtibor qaratilgan bölib, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Madaniy meros agentligi zimmasiga xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotiga mansub allomalarning hayoti, ilmiy merosiga oid noyob qölyozma asarlar va boşqa madaniy boyliklarni aniqlaş, ularning nusxalarini Özbekistonga olib keliş va tadqiq qilişni tizimli ravişda taşkil etiş vazifasi yuklangan.

Zohidjon Islomov, 

filologiya fanlari doktori, 

professor, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi.

ÖzA

News

Read also

All news
News

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…