Popular articles

Yangi Özbekistonda ajdodlar merosining xalqaro eʼtirofi

Sönggi yillarda Yangi Özbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan islohotlar sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga kötarildi. Bu borada buyuk mutafakkir ajdodlarimizning boy…

This page is currently available in Uzbek only.

 

Sönggi yillarda Yangi Özbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan islohotlar sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga kötarildi.

Bu borada buyuk mutafakkir ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini asrab-avaylaş, uni kelajak avlodlarga bezavol yetkaziş böyiça tizimli tadqiqotlar olib boriş, allomalarimizning ibratli hayot yöli, insoniyat tamadduni rivojiga qöşgan bebaho hissasini mahalliy va xalqaro jamoatçilikka keng tarğib qiliş, şuningdek, islom dinining tinçliksevar hamda insonparvarlik mohiyatini oçib beriş, yoşlarni milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatimizda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Bahouddin Naqşband nomli ilmiy-tadqiqot markazi kabi ilmiy muassasalar faoliyati yölga qöyilganini alohida taʼkidlaş lozim.

Bugungi kunda yurtimiz allomalarining yuksak gumanistik ğoyalarga asoslangan taʼlimotlari, ilm-fan rivojida muhim örin tutgan ulkan kaşfiyot va ixtirolarining jamiyat taraqqiyotidagi tarixiy roli hamda bugungi kundagi zamonaviy ahamiyati dunyo jamoatçiligi tomonidan alohida eʼtirof etilmoqda. 

Xususan, buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik taʼlimoti asosçisi Imom Ab-u Mansur Moturidiy va uning izdoşlari merosini çuqur örganiş, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qöşgan bebaho hissasini tadqiq etiş va keng tarğib qiliş, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida yirik tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada ajdodlar merosi asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini oçib berişga qaratilgan 100 dan ortiq kitob naşr qilinganini alohida taʼkidlab ötiş lozim. Şuningdek, Imom Moturidiy qalamiga mansub “Kitob at-tavhid” asarining ilmiy-tanqidiy matni hamda özbek tilidagi ilmiy-izohli tarjimasi, “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining özbek tilidagi ilmiy-izohli tarjimasining 20 ta juzi, “Moturidiylik taʼlimoti ensiklopediyasi”, “Buyuk ajdodlarimiz” rukni ostidagi xalqçil risolalar va boşqa kitoblar naşr qilindi.

Markaz tomonidan xorijlik hamkor taşkilotlar bilan dolzarb masalalarga bağişlab xalqaro anjumanlar ötkazib kelinmoqda. Jumladan, “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusidagi xalqaro simpozium har yili muntazam ötkazib kelinmoqda.

Yangi Özbekistonda Imom Moturidiy ilmiy merosini örganişga alohida eʼtibor qaratilayotgani Davlatimiz Rahbarining Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 80-sessiyasida sözlagan nutqida alloma nomining alohida tilga olinişida ham öz ifodasini topdi. Haqiqatdan ham, sönggi yillarda Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini çuqur örganiş va keng tarğib qilişni rağbatlantiriş maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.

Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlaş hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-68-son Farmoni bilan Markaz nufuzi oşirilib, Vazirlar Mahkamasi huzuriga ötkazildi.

Mazkur Farmon bilan Markazga ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosini örganiş, islom dinining insonparvarlik mohiyatini jamoatçilikka yetkaziş, yoşlarni yot ğoyalar taʼsiridan asraşga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyiha va taşabbuslarni işlab çiqiş kabi muhim vazifalar yuklanib, Markaz faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş belgilandi.

Şuningdek, 2025-yilda Imom Moturidiy majmuasida keng kölamli qayta taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Majmuada Imom Moturidiy innovatsion muzeyini taşkil etiş vazifasi ham belgilangan bölib, hozirda Markaz xodimlari mazkur muzey konsepsiyasini işlab çiqiş ustida iş olib bormoqdalar.  

Imom Ab-u Mansur Moturidiy mötadillik va bağrikenglikka asoslangan alohida maktabni taşkil etdi. Bu maktab eʼtiqod masalalarini isbotlaş hamda turli adaşgan oqimlarning şubhalariga raddiya berişda naqlga (Qurʼon va hadis) tayaniş bilan birgalikda ratsional hujjatlardan keng foydalandi.

Buning natijasida Imom Moturidiy töğri yöldan adaşgan toifalarga qarşi raddiya berişning samarali usullarini işlab çiqib, şu asosda sunniylik (ahli sunna val jamoa)ning umumiy pozitsiyasini himoya qildi.

Barçamizga maʼlumki, mamlakatimiz nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tarkibida muhim taşabbuslar bilan faol iştirok etib kelmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Boş Assambleyasining 
72-sessiyasidagi tarixiy nutqlari öz mazmun-mohiyati va xalqaro hamjamiyat uçun ahamiyati jihatidan aksariyat davlatlarning eʼtiborini tortdi.

Unda Özbekiston Rahbari bağrikenglik, birdamlikni mustahkamlaş masalalariga ham alohida töxtalib, bu borada BMT Boş Assambleyasining “Maʼrifat va diniy bağrikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi.

Buning natijasida 2018-yil 12-dekabrda BMT Boş Assambleyasi yalpi majlisida “Maʼrifat va diniy bağrikenglik töğrisida”gi maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Rezolyutsiya Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga aʼzo 100 dan oşiq davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Ana şunday taşabbuslarning mantiqiy davomi sifati 2025-yil
23-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev tomonidan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi mamlakatimizning xalqaro maydonda öz sözi va örniga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Unda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik bölgan dolzarb masalalar yuzasidan öz fikrlarini bildirib, ularning yeçimlari böyiça global taklif va taşabbuslar ilgari surildi.

Haqiqatdan ham hozirgi vaqtda radikalizm, ekstremizm va terrorizm tahdidlari nafaqat muayyan davlat yoki mintaqa, balki butun dunyo oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Ayni vaqtda din niqobidagi ekstremistik va terrorçi taşkilotlar tomonidan yoşlarni zöravonlikka undaş yöli bilan jamiyatda beqarorlik keltirib çiqariş, radikal qaraşlarni tarqatişga uriniş holatlari sezilarli darajada ortib bormoqda.

Yangi Özbekistonda “Jaholatga qarşi maʼrifat” ezgu ğoyasi asosida jamiyatda radikalizm va ekstremizm mafkurasi tarqalişining oldini oliş, yoşlarni turli oqimlar taʼsiridan asrab-avaylaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan hisoblanadi.

Şu sababli, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev nufuzli taşkilot minbaridan turib sözlagan nutqida islom maʼrifati ğoyalarini çuqur örganiş va uni dunyoga tarğib qiliş böyiça olib borilayotgan işlarga alohida eʼtibor qaratdi.

“Buyuk ajdodlarimiz &ndaş; mutafakkir allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning boy maʼnaviy va ilmiy merosining alohida taqdimotini Birlaşgan Millatlar Taşkilotida ötkaziş niyatidamiz”, degan gaplari barçamizga ğurur bağişladi.

Şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, BMT minbaridan turib islom dunyosiga maşhur bölgan ikki muhaddis ajdodimiz &ndaş; Imom Buxoriy, Imom Termiziy hamda eʼtiqod sofligini taʼminlaşga öz hissasini qöşgan Imom Moturidiy haqida gapiriş bu &ndaş; katta matonat va irodadir.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning uşbu takliflari mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari uçun yuksak şaraf böliş bilan birga, mazkur allomalarning yuksak taqdimotlarini ötkazişga munosib tayyorgarlik köriş va yuqori saviyada ötkaziş nuqtayi nazaridan ulkan masʼuliyat ham yuklaydi.

Komiljon Şermuxamedov,

Imom Moturidiy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi direktori

Articles

Read also

All articles
Popular articles

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Popular articles

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…