Özbekiston va Indoneziya ilmiy jamoatçiligini özaro çambarças boğlaydigan maʼrifiy köprik
"Indoneziya &ndaş; Özbekiston madaniy va hamkorlik haftaligi" tadbirlari doirasida joriy yilning 28-oktyabr kuni Samarqand şahrida ötkazilgan "Imom Buxoriy va musulmon olamida ilm-fan" mavzuidagi anjumanda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari ham iştirok etdi.
Anjumanda xorijiy mehmonlar tomonidan yurtimizdan yetişib çiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Bahouddin Naqşband kabi buyuk mutafakkir allomalarning hayoti va ilmiy merosini örganişga Indoneziyada qiziqiş ortib borayotgani alohida eʼtirof etildi.
Konferensiya doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Indoneziyaning Şarif Hidoyatulloh davlat islom universiteti örtasida özaro hamkorlikka oid Anglaşuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari örtasidagi özaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qöşgan ajdodlarmizning ilmiy merosini keng tarğib etişda muhim platforma vazifasini bajaradi.
Anjumanda Komiljon Şermuxamedov "Ajdodlar merosi &ndaş; maʼrifat ziyosi", Şahzod Islamov "Al-Qiroat-u xalfal-imam" asari Imom Buxoriyning fiqhiy qaraşlarining ifodasi sifatida" mavzularida maʼruza bilan iştirok etdilar.
