✍️ Qohirada Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va al-Azhar majmuasi örtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
26-yanvar kuni Özbekiston va Misr örtasida ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi Al-Azhar majmuasiga taşrif buyurdi.
Taşrif doirasida delegatsiya Al-Azhar Şayxining xorijlik talabalar işlari böyiça maslahatçisi, Xorijlik talabalar taʼlimini rivojlantiriş markazi rahbari doktor Nahla as-Saʼidiy xonim bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, talabalar orasida islom dinining mötadillik, bağrikenglik mohiyatini keng tarğib etiş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşdilar. Doktor Nahla as-Saʼidiy Özbekistonning diniy-maʼrifiy sohadagi taşabbuslarini yuqori baholadi.
Şuningdek, Misrda tahsil olayotgan özbekistonlik talabalarni qöllab-quvvatlaş, ularning taʼlim sifati, yaşaş şaroiti va maʼnaviy tarbiyasini yaxşilaş böyiça hamkorlik çoralari muhokama qilindi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
