Yangiliklar

Konferensiya

Joriy yilning 29-oktyabr kuni Maxaçkala şahrida "Musulmon ulamolari merosi: maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş hamda maʼrifat ğoyalarini tarğib qiliş" mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya…

 Joriy yilning 29-oktyabr kuni Maxaçkala şahrida "Musulmon ulamolari merosi: maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş hamda maʼrifat
 ğoyalarini tarğib qiliş"  mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya öz işini boşladi.

 Anjuman Doğiston Respublikasi Muftiyati, Doğiston gumanitar instituti hamda Islom madaniyati, ilm-fan va taʼlimni qöllab-quvvatlaş fondi hamkorligida taşkil etilgan bölib, unda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari A.Tajiyev va Z.Faxriddinov iştirok etmoqda.

 Konferensiya doirasida musulmon ilohiyotşunoslari ilmiy merosining zamonaviy jamiyatda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaşda tutgan örni, şuningdek, uşbu merosni keng jamoatçilikka yetkazişning filologik va mediakommunikativ jihatlari muhokama qilinadi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining mazkur nufuzli xalqaro tadbirda iştirok etişi Özbekiston va Rossiya örtasida madaniy -maʼrifiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, ikki tomonlama ilmiy va madaniy aloqalarni yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi.

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…