Yangiliklar

Indoneziya xalqi Özbekistonni muqaddas yurt deb biladi va Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiliş ularning orzusi

– Indoneziyada qadim Movarounnahr allomalari katta ehtirom bilan tilga olinadi. Ular islom ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qöşgan. Özbekiston deganda köz oldimizga Ğarbda…

&ndaş; Indoneziyada qadim Movarounnahr allomalari katta ehtirom bilan tilga olinadi. Ular islom ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qöşgan.

Özbekiston deganda köz oldimizga Ğarbda Avitsenna nomi bilan şuhrat qozongan, "Tib qonunlari" asarining muallifi Ibn Sino, algebra fanining asosçisi Al Xorazmiy, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy va boşqa köplab buyuk olimlar, ulamo va faylasuflar keladi. Indoneziya xalqi Özbekistonni muqaddas yurt deb biladi. Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiliş har bir indoneziyalik musulmonning orzusi.

Nur Movarounnahrdan çiqqan. Ilm nuri öşa hududdan tarqalgan. Özbekiston dunyo islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qöşgan davlat sifatida eʼtirof etiladi.

Eka Şanti Rofi, "Kalimantan post" gazetasi boş muharriri:

&ndaş; Imom Buxoriy ilmiy merosini tarğib qilişni hayotimning boş ğoyasi, mazmun-mohiyati deb bilaman. Özbekiston islom ilm-fani va madaniyatiga ulkan hissa qöşgan köplab buyuk zotlarni tarbiyalagan mötabar zamin. Bu yurtning har qariç yeri muqaddas, har göşasi mötabar.

Yuzlab, hatto minglab ulamolarning aynan Özbekistondan yetişib çiqişining siri nimada?" &ndaş; degan savol meni uzoq yillardan beri öylantirib kelar edi. Yurtingizga taşrifim davomida bu jumboqning javobini topgandek böldim. Alloh taolo aziz qilgan Vataningiz har qanday insonni öziga maftun etadi. Tanti va mehmondöst özbek xalqini taʼriflaşga til ojiz. Men Özbekistonga taşrif buyursam, özimni xuddi ona Vatanimda yurgandek his etaman. Özbekistonda ilm va maʼrifat nurini his qildim. Bu nur bugun butun dunyo, jumladan, Indoneziya uçun ham ğoyat muhim deb hisoblayman. Özbekistondan biror mehmon Indoneziyaga taşrif buyursa, göyoki Imom Buxoriylar, Moturidiylar, Termiziylarning maʼrifat nurini Vatanimga olib kelgandek böladi. Indoneziya bu maʼrifat ziyosidan kuç oladi.

Mamlakatingiz ziyorat turizmi sohasida ğoyat ulkan salohiyatga ega. Bu imkoniyatni işga solgan holda indoneziyalik sayyohlarning Özbekistonga taşrifini uyuştirsak, ikki mamlakat uçun ham foydali bölar edi. Buxoro, Samarqand, Xiva kabi tarixiy şaharlarni ziyorat qilişni, umri islom maʼrifati yölida ötgan buyuk allomalarning maqbaralarini borib körişni har bir indoneziyalik orzu qiladi. Buning uçun esa bor kuç va imkoniyatlarimizni işga solişimiz darkor. Men bunga doim tayyorman.

Manba:"Dunyo" AA

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…