Joriy yilda buyuk mutakallim va islomiy ilmlar taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nişonlanadi.
Şu munosabat bilan davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan muhim qaror milliy va diniy maʼrifat taraqqiyotida yangi bosqiçni boşlab berdi.
Imom Moturidiy nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun islom olami uzra kalom ilmida mustahkam taʼlimot yaratgan jahoniy allomalardan biri hisoblanadi. Uning ilmiy merosi dunyo musulmonlarining maʼnaviy muhitida oqilona tuşunçalarni şakllantiriş hamda jaholat va mutaassiblikka qarşi maʼrifat orqali kuraş yondaşuvini şakllantirişda muhimdir. “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi Qaror aynan ana şu bebaho ilmiy-maʼnaviy boylikni keng tarğib qiliş, yoş avlodni ajdodlar merosiga sadoqat ruhida tarbiyalaş, ularga xolis va töğri maʼlumot yetib borişini taʼminlaşga qaratilgan.
Qarorda Imom Moturidiy merosini çuqur örganiş, uning asarlarini tarjima qiliş va keng ommaga yetkaziş, şuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni kuçaytiriş kabi masalalar ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham ilmiy dunyoqaraş va maʼrifatni yuksaltirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, mazkur qaror doirasida respublika va xalqaro miqyosda ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar hamda davra suhbatlari taşkil etilişi rejalaştirilgan. Bu tadbirlar Imom Moturidiy taʼlimotining bugungi kunda ham dolzarbligini namoyon etiş va uning insonparvarlikka asoslangan ğoyalarini keng tarqatişga yordam beradi. Bu esa Imom Moturidiyning ilmiy merosini yoşlarga yetkazişda ham muhim qadam hisoblanadi. Çunki qaror asosida taʼlim muassasalarida Imom Moturidiy taʼlimotiga oid maxsus kurslar va tanlovlar ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu esa yangi avlodning maʼnaviy va aqliy salohiyatini oşirişga, ularni islom maʼrifatparvarligi ğoyalari bilan taniştirişga xizmat qiladi.
Imom Moturidiyning taʼlimoti mötadillik, dunyoqaraş erkinligi, aqliy tahlil va diniy bağrikenglikni tarğib qilgani bilan ahamiyatlidir. U özining maşhur “Kitob at-tavhid” asarida ilmiy dunyoqaraşni şakllantirişda asos sifatida xizmat qiluvçi “Maʼrifat nazariyasi”ni töliq oçib bergan. Unga köra, hissiy bilimlar, aqliy mantiq va işonçli maʼlumot ilm hosil qilişning tamal poydevori hisoblandi. Bu esa alloma taʼlimotini zamonlar oşa eskirmaydigan olamşumul xususiyatga ega bölişida asosiy omil böldi. Şuningdek, Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” nomli tafsirida ham Qurʼoni karim oyatlari ilmiy dunyoqaraş, mantiqiy tahlil va ratsional tafakkur bilan hamohang ekanini oçib berişga katta eʼtibor qaratgan.
Hozirgi kunda Imom Moturidiy taʼlimoti jamiyatda tinçlik va hamjihatlikni taʼminlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo böylab ekstremizm va radikalizm xavfi kuçayib borayotgan bir davrda Imom Moturidiyning taʼlimoti jaholat va mutaassiblikka qarşi maʼrifat va aql-zakovat bilan javob berişga çorlaydi.
Şuningdek, Imom Moturidiy taʼlimoti yurtimizning islomiy merosini çuqur örganiş, ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qöşgan hissasini tölaqonli anglaş, adolat, insoniylik va maʼrifatparvarlik tamoyillari asosida hayot barpo qilişga xizmat qiladi. Şu jihatdan, yubiley tantanalari universitetlarda va ilmiy-tadqiqot muassasalarda Imom Moturidiy merosini örganiş böyiça yangi tadqiqotlar olib borilişiga kuçli turtki berişi kutilmoqda.
Imom Moturidiyning 1155 yilligini nişonlaş böyiça qabul qilingan qaror milliy qadriyatlarimizni mustahkamlaş, maʼrifatni taraqqiy ettiriş hamda yoşlarni ilm va ezgulikka yönaltirişda katta ahamiyatga ega. Uşbu qaror orqali yurtimizda maʼnaviy merosimizga bölgan eʼtibor yanada kuçayib, uning ilmiy asosda örganilişi yangi bosqiçga kötarilişi şubhasiz. Buyuk allomaning boy ilmiy merosi hamişa insonlarni hidoyat sari yetaklaydigan manba bölib qoladi.
Şu bilan birga, nafaqat mahalliy, balki xalqaro darajada ham Imom Moturidiy taʼlimotiga qiziqiş ortib boradi. Bu esa Özbekistonning nomoddiy madaniy merosini dunyoga yanada kengroq tanitiş imkonini beradi. Ilmiy ekspeditsiyalar, qölyozma manbalarni aniqlaş va naşr etiş işlari yanada jadallaşadi.
Şunday qilib, Imom Moturidiyning 1155 yilligi davlat va jamiyat tomonidan yuksak eʼtirof etilayotgani, uning ilmiy merosini örganişga keng imkoniyatlar yaratilayotgani milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz, islom dinining maʼrifatparvar mohiyati va bağrikenglik ğoyalarini jamiyatda keng tarğib qilişda muhim qadamdir. Bu esa yurtimizda tinçlik, taraqqiyot va yuksaliş ruhini yanada mustahkamlaydi.
Zafar Faxriddinov,
Imom Moturidiy xalqaro
ilmiy-tadqiqot markazi bölim boşliği
