✍️ Qohirada Imom Aşʼariy ilmiy merosiga bağişlangan nufuzli xalqaro forum öz işini boşladi
27-yanvar kuni Misr Arab Respublikasining Qohira şahrida nufuzli "Al-Azhar" majmuasi qoşidagi Imom Aşʼariy markazi tomonidan taşkil etilgan birinçi xalqaro ilmiy forum öz işini boşladi.
Mazkur yirik anjuman "Imom Aşʼariyning islomiy firqalarga oid fikriy yondaşuvlari: aqidaviy ixtilofdan muloqot ufqi va mötadillikni qaror toptiriş sari" mavzusiga bağişlangan bölib, unda islom olamining yetuk ulamolari, dinşunos olimlar va tadqiqotçilar jam bölgan.
Forumda Özbekiston nomidan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi ham faol iştirok etmoqda. Xususan, anjuman oçiliş marosimida Imom Aşʼariy markazi direktori Hasan Şofeʼiy, al-Azhar universiteti rektori Dovud Saloma, Imom Moturidiy markazi direktori Komiljon Şermuxamedov, Misr muftiysi Nazir Ayyod hamda al-Azhar majmuasi rahbari örinbosari Muhammad Duvayniy sözga çiqdi.
Uşbu xalqaro anjuman islom olamidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş, mutaassiblikka qarşi maʼrifat bilan kuraşiş hamda sof islom aqidasini asrab-avaylaşda muhim platforma vazifasini ötaydi.
Anjuman öz işini davom ettirmoqda.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati
