2026 yil 7&ndaş;11 iyul kunlari Toşkent, Samarqand va Termiz şaharlarida ötkazilgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xorijlik nufuzli olimlar, ulamolar va akademik doira vakillari bilan muzokaralar ötkazdi. Ana şunday uçraşuvlardan biri niderlandiyalik moturidiyşunos olim Arnold Yosin Mol bilan bölib ötdi.
Muloqotda Yevropada moturidiyşunoslikning bugungi holati, uşbu yönalişda ilmiy faoliyat yuritayotgan tadqiqotçi va olimlar, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “Erasmus+” dasturida iştirok etişi istiqbollari muhokama qilindi.
Arnold Yosin Molning taʼkidlaşiça, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “Erasmus+” dasturida iştirok etişi uning Yevropa davlatlaridagi ilmiy-madaniy muassasalar bilan hamkorlikka yöl oçadi.
Şuningdek, suhbat davomida Niderlandiyaning Layden universiteti hamda Rotterdam Islom amaliy fanlar universiteti (IUASR) bilan aloqalarni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
