Xalqaro hamkorlik

Аl-Аzhar majmuasida özbekistonlik talabalar bilan uçraşuv bölib ötdi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining al-Аzhar universitetida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar bilan davra suhbati bölib ötdi. Unda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, xususan,…

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining 
al-Аzhar universitetida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar bilan davra suhbati bölib ötdi. 

Unda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, xususan, davlatimiz Rahbari taşabbuslari bilan barpo etilgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy majmuasining ilmiy-maʼrifiy maskanga aylanayotgani, şuningdek, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqşband kabi ilmiy-tadqiqot markazlarining faoliyati talabalarga yetkazildi.

Şuningdek, uçraşuvda Markaz ilmiy xodimlari anʼanaviy moturidiy taʼlimotidagi mötadillik, bağrikenglik masalalarini tuşuntirib, adaşgan oqimlar taʼsiriga tuşişni oldini oliş böyiça tegişli tavsiyalar berdilar. 

Talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusida Markaz bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot yönalişida loyihalarni amalga oşiriş böyiça qator takliflar bildirdilar.

Suhbat yakunida, talabalarga Markaz kitoblari taqdim etildi.


Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
Matbuot xizmati

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…