Munosabat
Ona zamin insoniyat gavhari bölmiş allomalarga beşik bölar ekan, ularning ilm ziyosi başariyat kamoloti uçun abadiylikka munosib bölib yaşayveradi. Islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qöşgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiy ana şunday betimsol maʼrifat sohibi sanaladi.
Maʼlumotlarga köra bu zotning nasabi uluğ sahobiy Abu Ayyub Ansoriyga borib taqaladi. Şuning uçun uşbu uluğ allomaga “Ansoriy” nisbati ham berilgan.
Abu Mansur Moturidiyning ustozlaridan biri bölgan Muhammad ibn Muqotil Roziy hijriy 248 (milodiy 862) yilda vafot etgani aytilgan. Şunga köra, Abu Mansur Moturidiy hijriy 240 (milodiy 854) yildan oldin tuğilgan, çunki Muqotil Roziydek faqih, muhaddis olimdan taʼlim oliş uçun şogird kamida ön yoş atrofida böliş kerak, deyilgan.
Alloma şarʼiy ilmlarning uçta yönalişi &ndaş; Tafsir, Usulul fiqh, Aqoid böyiça asarlar taʼlif etgan. “Taʼviylotu ahli sunna” (Ahli sunnaning tuşuntirişlari), “Maʼxozuş şaroi’” (Şarʼiy hukmlar manbasi) va “Jadal” (Ilmiy bahslar) va boşqa köplab asarlar şular jumlasidan sanaladi.
Butun hayotini ilm maʼrifat örganiş va uni yoyiş bilan ötkazgan Abu Mansur Moturidiy hijriy 333 (milodiy 945) yilda töqson beş yoşlar atrofida Samarqandda vafot etgan va Çokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Uşbu uluğ allomaning ibratli hayot yöli va boy ilmiy-maʼnaviy merosini har tomonlama çuqur örganişni rağbatlantiriş, moturidiylik taʼlimotiga xos bağrikenglik va mötadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatçiligi örtasida keng tarğib etiş, yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida joriy yil 14 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi. “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida“gi mazkur qarorga köra, alloma tavalludini islom olamidagi obrö-eʼtibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nişonlaş böyiça bir qança çora-tadbirlar belgilandi. Unda, jumladan, 2025 yil aprel oyida Samarqand şahrida “Moturidiylik &ndaş; bağrikenglik, mötadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkaziş;
xorijlik tadqiqotçilar örtasida moturidiylik taʼlimoti böyiça ilmiy tanlov ötkaziş, ğoliblar iştirokida Özbekistonda madaniy-maʼrifiy uçraşuv va seminar-treninglar taşkil etiş;
Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik taʼlimotiga oid manbalarning özbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini naşr etiş kabi vazifalar belgilandi.
Şu bilan birga, Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bağişlangan esdalik suvenirlarini muomalaga çiqariş hamda poçta markalari, taqvimlar, buyuk mutafakkirning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boşqa körgazmali axborot vositalari turkumini yaratiş;
Imom Moturidiyning serqirra hayot yöli va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini oçib beradigan badiiy-publitsistik film yaratiş;
Samarqand viloyatida Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti yönalişida faoliyat olib borgan allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy merosiga bağişlangan asarlarning nodir qölyozma va naşr nusxalari hamda kitoblari körgazmasini taşkil etiş hamda Samarqand şahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta taʼmirlaş va obodonlaştiriş kabilar nazarda tutilgan.
&ndaş; Özbekiston zamini qadimdan ilm-maʼrifat, maʼnaviyat, sivilizatsiyalar kesişgan çorraha sifatida butun dunyoga maʼlum va maşhur. Yurtimizdan yetişib çiqqan buyuk mutafakkirlar jahon ilm-fani taraqqiyotiga benazir hissa qöşganlar, &ndaş; deya fikr bildiradi Toşkent viloyati boş imom-xatibi Doniyor domla Ikromov. &ndaş; Ajdodlarimiz orasida «Hidoyat imomi» degan unvonni olgan Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh alohida örin tutadi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida»gi qarori Imom Moturidiy rahimahullohning boy ilmiy merosini butun dunyoga tarannum etişda muhim hujjat böldi.
Moturidiylik taʼlimoti sunniylik yönalişidagi ikki yirik maktabning biri bölib, uşbu taʼlimoti X asrdan bugungi kunga qadar özining mötadilligi bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi Imom Moturidiy öz taʼlimotini öşa davrning ijtimoiy-siyosiy jihatlarini ham hisobga olgan holda yaratgan. Şuning uçun ham moturidiylik taʼlimotini örganişga qiziqiş katta. Moturidiylik taʼlimoti dunyoning köplab yirik taʼlim muassasalarida, xususan, al-Azhar universitetida ham öqitiladi.
Davlatimiz rahbarining mazkur qaroriga binoan şu yil aprel oyida Samarqand şahrida “Moturidiylik &ndaş; bağrikenglik, mötadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkaziş, allomaning “Taʼvilot al-Qurʼon” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik taʼlimotiga oid manbalarning özbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini naşr etiş belgilangani buyuk ajdodimizning boy ilmiy-maʼrifiy merosini dunyoga tarannum etiş uçun katta imkoniyatlar eşigini oçadi, inşaalloh.
Darhaqiqat, qarorda nazarda tutilgan muhim jihatlardan biri sifatida “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar, suhbatlar, “Moturidiylik taʼlimoti bilimdoni” kabi tanlovlar ötkaziladi va ğoliblar munosib taqdirlanadi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Madaniy meros agentligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotiga mansub allomalarning hayoti va ilmiy merosiga oid noyob qölyozma asarlar va boşqa madaniy boyliklar aniqlanib, ularning nusxalarini Özbekistonga olib keliş va tadqiq qiliş tizimli ravişda taşkil etiladi.
Davlatimiz tomonidan hidoyat imomi sanalmiş uşbu uluğ alloma va uning ilmiy merosiga körsatilayotgan ehtirom xalqimiz hamda kelajak avlodlar uçun ibrat va iftixor ramzi bölib qoladi.
Abdulaziz RUSTAMOV, ÖzA
