Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Özbekiston taraqqiyotining yangi bosqiçida jamiyatda diniy bağrikenglik, millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaş, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qöşgan buyuk alloma va mutafakkirlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini çuqur örganiş, unib-ösib kelayotgan yoş avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, yurtimizning jahon sivilizatsiyasi beşigi sifatidagi tarixiy maqomi va nufuzini tiklaş böyiça puxta öylangan izçil islohotlar amalga oşirilmoqda.
Ötgan qisqa vaqt içida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Samarqandda Hadis ilmi maktabi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi taşkil etildi. Uşbu muassasalar “Jaholatga qarşi maʼrifat” ezgu umuminsoniy ğoyasi asosida jamiyatda soğlom maʼnaviy muhitni taʼminlaşga, yoşlarni zamonaviy fikrlaydigan va buyuk ajdodlarimizga har jihatdan munosib etib tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.
Şiddat bilan özgarib borayotgan bugungi murakkab şaroitda dunyoda sodir bölayotgan voqea-hodisalar mamlakatimizda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan xalqçil tamoyilga asoslangan islohotlar töğri ekanligidan dalolat bermoqda.
Yuqoridagilarni eʼtiborga olgan holda Özbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlaş va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan vazifalarni röyobga çiqariş, diniy-maʼrifiy sohadagi ezgu ğoya va taşabbuslarni xalq manfaatlaridan kelib çiqib izçil davom ettiriş maqsadida qaror qilaman:
I. Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari
1. Quyidagilar fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini taʼminlaş hamda diniy-maʼrifiy sohadagi faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişning ustuvor yönalişlari etib belgilansin:
a) jamiyatda diniy bağrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlaşga oid ilğor mexanizmlarni joriy etiş;
b) ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk ajdodlarning insonparvarlik, ezgulik, tinçlik va bağrikenglik kabi umuminsoniy va oliyjanob ğoyalarga asoslangan diniy-falsafiy merosini çuqur örganiş hamda keng tarğib etiş;
v) diniy-maʼrifiy sohada kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş orqali zamon talablariga mos mutaxassislarni yetiştiriş;
g) aholi orasida birdamlik, özaro hurmat va mehr-oqibat ruhini kuçaytiriş, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşga qaratilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş;
d) diniy-maʼrifiy sohadagi xalqaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş hamda samaradorligini oşiriş.
2. Diniy-maʼrifiy soha faoliyati rivojlanişini qöllab-quvvatlaş böyiça çora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Jamiyatda vijdon erkinligini kafolatlaş, diniy bağrikenglik, fuqarolararo totuvlik hamda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş maqsadida “Bağrikeng jamiyat &ndaş; barqaror davlat” tamoyili asosida Din işlari böyiça qömita bilan (keyingi örinlarda &ndaş; Qömita) Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Içki işlar vazirligi, Yoşlar işlari agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qömitasining yangi hamkorlik tizimi yölga qöyilsin.
Quyidagilar hamkorlik tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplarini qatʼiy amalga oşirişda davlat va jamoat taşkilotlarining özaro hamkorligini yölga qöyiş;
b) fuqarolarning vijdon erkinligiga bölgan huquqini taʼminlaş, jamiyatda turli diniy konfessiyalar vakillarining özaro ahil-inoq va hamjihat hayot keçirişini qöllab-quvvatlaş;
v) Özbekiston aholisining dini, eʼtiqodi, milliy mansubligi, ijtimoiy kelib çiqişidan qatʼi nazar huquq va qonuniy manfaatlarini töliq röyobga çiqara olişini taʼminlaş;
g) dinga bölgan munosabatidan kelib çiqib ustunlik beriş, kamsitiş va vijdon erkinligi kafolatlari buzilişining boşqa har qanday körinişlarining oldini oliş.
Qömita bir oy muddatda Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Içki işlar vazirligi, Yoşlar işlari agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi bilan birgalikda hamkorlik tizimining mexanizmlarini belgilovçi qöşma qarorni tasdiqlasin.
II. Diniy-maʼrifiy sohaning institutsional asoslarini takomillaştiriş
4. Fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oşirişi uçun qöşimça qulayliklar yaratiş, “Haj” va “Umra” ziyoratlariga borişi bilan boğliq xizmatlarni körsatiş jarayonida ortiqça byurokratik tartibotlarni bartaraf etiş maqsadida Qömita va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025 yil 1 sentyabrga qadar “Haj va Umra yagona portali”ni (keyingi örinlarda &ndaş; Portal) hamda uning mobil ilovasini işlab çiqsin.
Belgilansinki:
a) Portal “Haj” tadbirlariga boruvçi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda “Umra” tadbirlariga yuboriladigan ziyoratçilarning elektron röyxati şakllantiriladigan tizim hisoblanadi;
b) Portalda “Haj” va “Umra” faoliyati töğrisidagi maʼlumotlarni yiğiş va rasmiylaştiriş bilan boğliq jarayonlar raqamlaştiriladi;
v) vazirlik va idoralar Qömita söroviga köra özining axborot tizimlari Portalga integratsiya qilinişini taʼminlaydi;
g) Qömita Portal faoliyatini moliyalaştirişga, texnik jihatdan qöllab-quvvatlaşga, aloqador davlat va nodavlat taşkilotlar uçun foydalaniş imkoniyatini yaratişga masʼul davlat organi hisoblanadi;
d) Qömita “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş litsenziyasiga ega yuridik şaxslar hamda Özbekiston musulmonlari idorasining Portaldan foydalaniş imkoniyatini taʼminlaydi.
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qömitaning Özbekiston xalqaro islom akademiyasini Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi (keyingi örinlarda &ndaş; Akademiya) etib qayta nomlaş töğrisidagi taklifi maʼqullansin.
Akademiya islomşunoslik va dinşunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda öquv dasturi, qöllanma va darsliklarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan tayanç davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilansin.
6. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) islomşunoslik, dinşunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbaşunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud bölgan boşqa sohalar böyiça kadrlar tayyorlaş;
b) taʼlim jarayoniga ilğor pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning sönggi yutuqlarini hamda yetakçi xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari tajribasi asosida işlab çiqilgan taʼlim dasturlarini joriy etiş;
v) vijdon erkinligi va konfessiyalararo bağrikenglikni taʼminlaş, radikallaşuv, ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş hamda diniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga oid ilmiy-tadqiqot işlarini amalga oşiriş;
g) diniy-maʼrifiy yönalişda ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlaş va naşr qiliş, şuningdek, internet tarmoğida taʼlim resurslarini joylaştiriş va muntazam yangilab boriş;
d) talabalarda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantiriş, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlaş, taʼlim-tarbiya jarayoni hamda maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş;
ye) mamlakatimizda va xorijda diniy sohada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qiliş.
7. Akademiyaga quyidagi huquqlar berilsin:
a) öquv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq tölaş miqdorlarini bozor konʼyunkturasidan kelib çiqib belgilaş;
b) Qömita bilan kelişgan holda tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymatini tegişli yönaliş va mutaxassisliklar böyiça davlat oliy taʼlim muassasalarida belgilangan bazaviy tölov-kontrakt qiymatidan uç baravardan ortiq bölmagan miqdorda belgilaş;
v) talabalarning tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddatlarini belgilaş va uzaytiriş;
g) yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş hamda Akademiya vakillarini xorijiy ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga malaka oşiriş va tajriba orttiriş uçun yuboriş;
d) öz grifi asosida darsliklar hamda boşqa öquv va ilmiy adabiyotlarni yaratiş va naşr etiş.
8. Belgilansinki, Akademiyaga öqitişning tölov-kontrakt şaklidan tuşadigan mablağlarning yetişmagan qismi davlat oliy taʼlim muassasalarini saqlaş uçun ajratilgan mablağlar doirasida tasdiqlangan byudjet parametrlariga tegişli özgartiriş kiritiş orqali qoplanadi.
9. Qömita, Özbekiston musulmonlari idorasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oşiriş markazini Din işlari böyiça qömita huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oşiriş va qayta tayyorlaş instituti (keyingi örinlarda &ndaş; Institut) sifatida qayta taşkil etiş haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilab qöyilsinki:
a) Institut islomşunoslik, dinşunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari, şuningdek, radikallaşuvning oldini oliş yönalişlarida diniy sohada mutaxassislarning malakasini oşiriş va qayta tayyorlaşga masʼul muassasa hisoblanadi;
b) barça taʼlim taşkilotlarining islomşunoslik va dinşunoslik fanlari öqituvçilarining malakasini oşiriş hamda ularni qayta tayyorlaş Institut tomonidan amalga oşiriladi;
v) taʼlim jarayoni sifatini oşiriş hamda taʼlim va amaliyot uyğunligini taʼminlaş maqsadida Institut söroviga asosan darslarga tegişli vazirlik, idora, ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlarining rahbar xodimlari va mutaxassislari jalb etiladi;
g) Institut qayta taşkil etilayotgan Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oşiriş markazining huquq va majburiyatlari, şuningdek, tuzilgan şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.
10. Akademiyaga qaraşli Toşkent şahri, Yunusobod tumani, Zarbuloq köçasi, 14-uy manzili böyiça joylaşgan yotoqxona binosi operativ boşqaruv huquqi asosida Institutga bepul ötkazilişi taʼminlansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi uşbu binoni saqlaş uçun Özbekiston xalqaro islom akademiyasiga 2025 yil uçun ajratilgan byudjet mablağlarining qoldiq qismini Institutga ötkazib bersin, 2026 yildan boşlab esa binoni saqlaş bilan boğliq xarajatlarni Institutning xarajatlar smetasida rejalaştirib borsin.
11. Qömita, Özbekiston musulmonlari idorasi hamda Buxoro viloyati hokimligining Bahouddin Naqşband yodgorlik majmuasi markazi muassisligida Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş va quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilaş töğrisidagi takliflari maʼqullansin:
a) buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqşband va naqşbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik ğoyalarini ilmiy asosda örganiş, yoş avlodni bağrikenglik hamda özaro hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida tarğibot işlarini olib boriş;
b) tasavvuf taʼlimoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etiş, “Yetti pir” allomalari va aziz avliyolarning boy ilmiy-maʼnaviy merosini xalqaro maydonda keng tarğibqiliş;
v) naqşbandiylik taʼlimotining ezgu ğoyalarini tadqiq etiş uçun ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bağişlangan anjuman, konferensiya, körgazma, seminar-trening, tanlovlar hamda boşqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni taşkil etiş;
g) tasavvuf taʼlimotining ilmiy asoslangan ğoyalarini tarğib qiliş, soxta tariqatçilikning oldini oliş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş.
12. Qömita va Akademiyaning Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini Vazirlar Mahkamasi böysunuviga ötkaziş töğrisidagi taklifi maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi islomşunoslik yönalişidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan boğliq jarayonlar böyiça tahlillarni amalga oşiruvçi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilansin.
13. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining qöşimça vazifalari etib belgilansin:
a) Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy maʼnaviy merosni örganiş, jahon ilm-fani rivojiga qöşgan beqiyos hissasini xalqimiz, ayniqsa, yoşlarga yetkaziş, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini naşr etiş, mamlakatimiz hududida röy bergan Birinçi va Ikkinçi Renessansning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etiş hamda Yangi Özbekiston taraqqiyotining maʼnaviy poydevorini yaratişda iştirok etiş;
b) islom dinining insonparvarlik mohiyati, maʼrifiy-madaniy roli va rivojlaniş yönalişlarini ilmiy asosda örganiş va keng ommaga, jumladan, xalqaro jamoatçilikka yetkaziş;
v) diniy taʼlim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va öquv-uslubiy masalalarda hamda pedagog kadrlar va diniy xodimlarning malakasini oşirib borişda amaliy yordam körsatiş;
g) ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlaş, yoşlarni yot ğoyalar taʼsiridan asraşga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyiha va taşabbuslarni işlab çiqiş.
14. Diniy-maʼrifiy sohadagi taşkilotlar faoliyatining samaradorligini oşirib boriş maqsadida doimiy asosda faoliyat körsatuvçi Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlaştiruvçi kengaş (keyingi örinlarda &ndaş; Muvofiqlaştiruvçi kengaş) taşkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
a) Muvofiqlaştiruvçi kengaş diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqot işlarining barça jarayonlarini muvofiqlaştiriş masalalariga masʼul bölgan maslahat organi hisoblanadi;
b) Muvofiqlaştiruvçi kengaşning işçi organi vazifasini Qömita amalga oşiradi;
v) Muvofiqlaştiruvçi kengaş tomonidan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Akademiya va boşqa diniy-maʼrifiy muassasalarning taʼlim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyati muvofiqlaştiriladi;
g) Muvofiqlaştiruvçi kengaş majlislari har çorakda kamida bir marotaba ötkaziladi.
15. Quyidagilar Muvofiqlaştiruvçi kengaşning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) “Uçinçi renessans &ndaş; Yangi Özbekiston” ğoyasi asosida buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosida uluğlangan vatanparvarlik, bağrikenglik kabi umuminsoniy ğoyalarni aholi orasida keng tarğib etiş yönalişlarini belgilaş;
b) diniy-maʼrifiy sohadagi muassasalar faoliyatini çuqur örganib boriş, öquv-tarbiya jarayoniga ilğor axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar, innovatsion işlanmalarni tatbiq etiş hamda ilmiy va uslubiy faoliyatini muvofiqlaştiriş;
v) soha taşkilotlarida töplangan ilmiy-uslubiy işlanmalar va tajribalarni tahlil etiş asosida ulardagi taʼlim mazmunini takomillaştiriş va muvofiqlaştiriş, öquv reja va fan dasturlarini işlab çiqişda uzviylik tamoyillarini taʼminlaş;
g) respublikaning barça taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajariladigan diniy mavzudagi tadqiqotlar (dissertatsiyalar)ning mavzu va yönalişlarining ahamiyati, dolzarbligi yuzasidan tegişli tavsiyalarni beriş.
III. Diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaş
16. Respublikada istiqomat qiluvçi turli din vakillarining Yangi Özbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini oşiriş, jamiyatda konfessiyalararo totuvlik va diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaş maqsadida Qömitaning Konfessiyalar işlari böyiça kengaş (keyingi örinlarda &ndaş; Kengaş) faoliyatini takomillaştiriş haqidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda quyidagilar inobatga olinsin:
a) Kengaş tarkibiga siyosiy arboblar, jamoatçilik faollari, dinşunos olim va mutaxassislarni kuzatuvçi sifatida kiritiş;
b) Kengaşga diniy konfessiyalarning muammolari böyiça davlat va nodavlat taşkilotlarga sörov, murojaat va tavsiyalar yuboriş huquqini beriş;
v) Toşkent, Samarqand, Buxoro va Farğona viloyatlarida hududiy kengaşlar taşkil etiş;
g) Kengaş tomonidan turli konfessiyalarga oid diniy taşkilotlarning professional xizmatçilari örtasida sport musobaqalari, intellektual öyinlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar ötkaziş.
Kengaşning yangilangan tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
IV. Farmon ijrosini taşkil etiş va nazorat qiliş
17. Qömita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunçilik hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali taşkil qilişga masʼul va şaxsiy javobgar etib Din işlari böyiça qömita raisi S.D.Toşboyev belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qiliş va ijro uçun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlaştiriş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.N.Aripov hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi R.Q.Davletov zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi
Prezidenti Ş.MIRZIYOEV
