Новости

Diniy sohadagi islohotlar: xalqaro eʼtibor, ehtirom, eʼtirof

AQŞning "IslamiCity" portali öz sahifasida Yangi Özbekistondagi diniy soha islohotlari haqida maqola eʼlon qildi. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori örinbosari Ş.Islomov…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

AQŞning "IslamiCity" portali öz sahifasida Yangi Özbekistondagi diniy soha islohotlari haqida maqola eʼlon qildi. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori örinbosari Ş.Islomov bilan hamkorlikda tayyorlangan uşbu maqolada sönggi yillarda dunyoning yetakçi ilmiy markazlari va ekspert doiralari eʼtiborini tortgan masala &ndaş; Özbekistondagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar, ularning muvaffaqiyat keltirgan omillari haqida söz boradi.
Darhaqiqat, Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan boşlangan bu islohotlar özining xalqparvarligi, barça din va eʼtiqod vakillari uçun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlaşi, xalqimizning azaliy orzu-istaklarini özida mujassam etgani bilan alohida ahamiyatlidir.

Bunday deyişimizga sabab şuki, yaqin yillar içida uşbu amalga oşirilgan ijobiy özgarişlar nafaqat Özbekiston uçun, balki xalqaro hamjamiyat uçun ham manfaatli böldi. Davlatimiz Rahbari taşabbusi bilan taşkil etilgan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bajarayotgan yirik ilmiy loyihalari natijalaridan musulmon mamlakatlarining xalqlari ham maʼnaviy ozuqa olmoqda. Jumladan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining özbek va arab tillarida naşr etilgan "Kitob at-tavhid", "Taʼvilot al-Qurʼon" kitoblari xalqaro kitob körgazmalarida eʼtibor va eʼtirofga sazovor böldi. Bugun bu kitoblar moturidiylik taʼlimoti bilan şuğullanuvçi olim va tadqiqotçilarning iş stolidagi asosiy manbaga aylanib ulgurdi.

Haqiqatni aytiş kerakki, bundan salkam ön yil muqaddam, hali yurtimizda bunday markazlar taşkil etilmasidan avval, kimdir özbekistonlik islomşunos olimlar arab, ingliz va boşqa xorijiy tillarda fundamental tadqiqotlar yaratişi, ular kerak bölsa, arab va boşqa xalqlar ulamolarining asosiy murojaat qiladigan manbasiga aylanişi haqida gapirsa, mubolağaga öygan bölardik. Bugun esa bu köz öngimizda sodir bölayotgan, qalbimizga ğurur va iftixor solayotgan haqiqatdir.

Maqolada Özbekistondagi diniy sohadagi islohotlar, avvalo qonun ustuvorligiga tayanib, mamlakatimizning dunyoviy, demokratik davlat ekaniga asoslanişi taʼkidlangan. Ayni vaqtda, turli din vakillariga ibodat va marosimlarini tinç-totuv şaroitda, köngil xotirjamligida ado etiş, Özbekiston fuqarosi sifatida yurt ravnaqi va farovonligi yölida hamma qatori mehnat qilib, uning samarasini köriş imkoniyati yaratilgani bugun jahonning turli hududlarda diniy asosdagi nizo va ayirmaçilik kayfiyati kuçayib borayotgan şaroitda ğoyat ahamiyatli ekaniga eʼtibor qaratilgan.

ÖzA

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…